Braim "Atletiko"ga qarshi o'yinda elkasi chiqqan holda o'ynagan

Sherzod Nurmatov
28 sen 2023, 14:43
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Braim Dias Ispaniya chempionatining 6-turi doirasidagi o'yinda elkasidan jarohat oldi, ammo o'yinni oxiriga etkazib qo'ydi.

Bu haqda jurnalist Xose Luis Sanches xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 24 yoshli ispaniyalik futbolchi 70-daqiqada Toni Kroos o'rniga maydonga tushgan va qoida buzishdan keyin jarohat olgan. Futbolchiga ukol kerak bo'ldi va o'yinni qattiq og'riq bilan yakunladi.

Dias joriy mavsum 5 ta bahsda zaxiradan maydonga tushib, jami 45 daqiqa o'ynadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Chiringuito