So’nggi yangiliklar

08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  1 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  1 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  4 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  7 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  1 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  2 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  1 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  12 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  25 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6

"Boxum" menejeri Ilya Kencig: "Sochi" – "Rostov" uchrashuvi butun dunyo OAV etiboriga tushdi Yangiliklar

"Boxum" menejeri Ilya Kencig: "Sochi" – "Rostov" uchrashuvi butun dunyo OAV etiboriga tushdi

Germaniyaning eng mashhur menejerlaridan biri "Bayer", "Gannover" (Germaniya), "Yang Boyz" (SHveycariya), "Sosho" (Franciya)da faoliyat olib borgan, hozirda "Boxum" bosh menedjeri Ilya Kencig bilan suhbat.

Germaniyaning eng mashhur menejerlaridan biri "Bayer", "Gannover" (Germaniya), "Yang Boyz" (SHveycariya), "Sosho" (Franciya)da faoliyat olib borgan, hozirda "Boxum" bosh menejeri Ilya Kencig Metaratings.ru bergan intervyusi chog'ida nemis futboli koronavirus pandemiyasi oqibatlarini qanday engib o'tayotgani, RPLning qaytishi, reglamentga zid bazi holatlar va natijada COVID-19 tarqalishi holatlari aniqlanayotgani borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– Germaniya Evropa top chempionatlari ichida koronavirus tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan birinchi bo'lib qaytdi. Barchasi o'z vaqtida va to'g'ri amalga oshirildimi?

– Vaziyat juda og'ir edi. O'ylashimcha, o'sha vaziyat uchun eng maqul yo'l tanlandi. Natijada, klublar va umuman futbol imkon darajasida kam yqo'otishlar bilan ushbu holatdan chiqib ketdi. Bundesliga ko'pchilikka o'rnak bo'la oldi va endi biz kelajakka umid bilan qaray olamiz.

Ha, klublar va liga tomoshabinlarsiz yo'qotishlarga uchradi. Lekin biz homiylar va televidenie etiborini saqlab qola oldik. Qaytarib aytaman biz og'ir damlarda elkama-elka mehnat qildik va bir-birimizni qo'llab-quvvatladik. Barchasi rejadagidek ketadigan bo'lsa, yana bir-bir yarim yilda barchasi o'z o'rniga tushadi va biz avvalgi rejimga qayta olamiz. Germaniya bu borada etakchilardan bo'lib, futbol biznesida hatto Angliyani quvib etadi, balki ulardan ham o'tib ketarmiz.

Hozirning o'zida Amerika, Kanada va Osiyodan qator investorlar Germaniyaga bo'lgan qarashlarini o'zgartirishdi. Ular inqiroz davridagi mehnatlarimizga yuqori baho berishdi. Qo'shimchasiga, Bundesligaga bo'lgan qiziqish keskin oshdi. O'yinlarimizning butun dunyo bo'ylab teletranslyaciyalari pandemiyadan keyin ikki barobar ko'paydi. Katta futbol qaytishi borasida dunyo OAVlarida 70 000 maqola chop etildi va bu materiallar Internetning o'zida 250 milliard marta o'qildi. Bu kichik raqamlar emas.

– Pandemiyadan keyin futbolning qaytishida nemis tajribasining o'ziga xosligi nimada edi?
– Men uch muhim vaziyatga etiboringizni qaratgan bo'lardim. Birinchisi – reglamentga qatiy rioya qilish va barcha ishda tartibli ish ko'rish. Ikkinchisi – mahalliy hokimiyat va medicina organlari bilan muntazam aloqada bo'lish. Uchinchisi – muntazam aloqa va muxlislar, OAV, rasmiy shaxslar, klub azolarini barchasidan xabardor qilib turish. Bu barchaning ishonchi ortishi, qandaydir qo'rquvni yo'qotish va Bundesliga klublari imidjini saqlab qolish uchun muhim qadam bo'ldi.


– Kutilmagan holatlar bo'ldimi?
– Albatta, boshidan ular juda ko'p edi. Misol uchun mavsum qayta tiklanganidan keyingi ikkinchi Bundesliga doirasida ilk uchrashuvimiz "Xaydenxaym"ga qarshi bahsga mehmonlar har birida 3 nafardan klbu vakili bo'lgan 9 ta (!) avtobusda kelishdi. Hattoki murabbiy avtobuslarning birini o'zi boshqarib keldi. Bu, albatta, biroz ortiqcha (bo'rttirib yuborish).

Aytgancha, biz "Boxum"da pandemiyadan keyin birinchi bo'lib o'yin o'tkazgan ilk jamoa bo'ldik. Ko'pchilik nima bo'lishini bilmay kuzatar, kimlardadir havotir ham bor edi, lekin barchasi yaxshi o'tdi. Yodimda "Augsburg" murabbiyi Xerrlix karantinda supermarketga tish pastasi uchun chiqqan, natijada u jamoasi o'yinini o'tkazib yuborishga majbur bo'lgandi.


– Mart oyida Germaniya ko'plab klublari moliyaviy qiyinchilik tufayli yo'q bo'lib ketishi haqida xabarlar tarqalgandi…
– Hozir esa faqat "Kayzerslautern" bilan shunday vaziyat yuzaga kelgan. Klubning ishlari pandemiyaga qadar ham unchalik yaxshi emasdi, bu oxirgi yillardagi ko'plab xato va kamchiliklar natijasi, koronavirus esa uni yanada og'irlashtirdi xolos. Yakunda ular to'g'ri yo'lni topishadi va "bankrotlikdan" qutilib qolishadi deb umid qilaman.

– Mavsum davom ettirilishiga ko'p klublar qarshi chiqdimi?

– Men birinchi va ikkinchi Bundesliga klublari vakillari ishtirok etgan Frankfurtdagi majlisda qatnashdim. Aynan o'sha erda mavsum restarti borasida qaror qabul qilindi. Bu 16 martda, yani chempionat to'xtatilishi bilanoq liga mavsumni qayta boshlash, buning uchun yangi reglament ishlab chiqish harakatiga tushdi. O'shanda barcha mavsumni davom ettirish niyatida edi, faqatgina restart sanasi borasida turli fikrlar bo'ldi.

Bitta-ikkita klub ikkilanib turdi, chunki ularga o'yinlarni ishqibozlarsiz o'tkazishga qarshi bo'lgan muxlislar tasir o'tkazardi. Ammo ular ham mavsumni oxiriga etkazish kerak degan qarorga kelishdi. Qaror Germaniyaning har ikki ligasi 36 klubining bir ovozdan maqullashi bilan qabul qilindi. Uchinchi ligada vaziyat og'irroq edi. U erdagilar avvaliga mavsumni davom ettirish borasida dadil qaror qabul qila olmadilar. Lekin nima bo'lsa ham, chempionat davom etmoqda. Vaholanki dunyoning ko'plab mamlakatlarida uchinchi liga o'yinlari qayta tiklangani ham yo'q. Hamma bu vaziyatda qo'rqib qolgandi, ko'pchilik kasallanganlar chiqsa, klublar mavsumni yakunlay olmay qolishidan xavotirda edi. Lekin faqatgina Drezdenning "Dinamo"sida holat qiyin kechdi. Bularning barchasi tuzib chiqilgan princip ish berganini tasdiqlaydi.


– Pandemiyadan keyin mavsumni davom ettirmalsikka qaror qilgan mamlakat chempionatlari kelajagi nima bo'ladi deb o'ylaysiz?
– Menimcha, ular biroz shoshishdi. Ayniqsa Niderlandiya va Belgiyada. Ularga va Franciyaga endi qiyinroq bo'ladi. Franciyada bilishim bo'yicha, media huquqlar borasida muammo yuzaga kelishi mumkin ekan. Bunday qaror qabul qilish klublar faqat davlat tomonidan moliyalashtiriladigan chempionatlarda o'rinli edi chamamda. Sababi ular mavsum ertaroq yakunlansa ham unchalik ko'p pul yo'qotishmaydi.


– Misol uchun Rossiyadami?
– Rossiyadagilar o'zlari o'zlarini qiyin vaziyatda qoldirishdi. Mavsumni yakunlab olish uchun juda kam vaqt qoldi. Hozir koronavirus holatlari aniqlangan taqdirda ham o'yinni ko'chirish uchun bo'sh kunlar etmayapti. "Sochi" – "Rostov" uchrashuvi atrofidagi voqealar butun dunyo OAV diqqat markazida bo'lib turdi. Bu liga foydasiga ishlamasligi turgan gap. Fikrimcha, RPL menedjmenti ushbu vaziyatda puxta ish ko'ra olmadi. CHempionatni hammadan keyin boshlanganidan so'ng, ular turli vaziyatlarga tayyor bo'lishlari zarur edi. Reglament va tibbiy qadnomalar borasida Germaniya tajribasidan foydalanishsa ham bo'lardi menimcha.


– Rossiya futbolini sinchkovlik bilan kuzatasizmi? Oxirgi yillarda u erda ko'plab nemis menedjerlari faoltiyat olib bordi – "Lokomotiv"da SHtofelxaus, "Spartak"da hozir Corn ishlamoqda. Yanada mashhur ismlarni kutish uchun asos bormi?
– Menimcha pandemiyadan keyin germaniyalik menedjerlarga qiziqish yanada ortdi, jumladan, Rossiyada ham. Futbolda pul kamayishi turgan gap, bunday hollarda aqlli menedjment yanada muhim rol o'ynaydi. Germaniyada moliyaviy imkoniyatlariga qaramay "Augsburg" qanday ishlayotganiga etibor bering. Tashkiliy ishlar puxtaligi sababligina ular o'n yildan buyon yuqori divizionda o'rinlarini saqlab kelishmoqda. Vaholanki orada byudjeti ularnikidan yaxshiroq klublar elitadan tushib ketgan misollar ham etarli. SHu kunlarda Greciyaning PAOK klubi "Volfsburg"da o'zini ko'rsatgan Olaf Rebbeni ishga taklif qildi.

– Rossiyada so'nggi yillarda nemis yulduzlari to'p tepishdi – Kurani, Xevedes, SHyurrle. Bunga Germaniyada qanday munosabatda bo'lishadi?
– Ularning barsasi Rossiyaning katta klublarida, oldiga jiddiy vazifa qo'yadigan jamoalarda o'ynashdi. Bu faoliyatida malum muammoga duch kelgan yulduz futbolchi uchun normal holat. Rossiyada ular nafaqat yaxshi maosh olishadi, balki faoliyatlarida nimanidir o'zgartirishga ham intilishadi. Bilishim bo'yicha Kurani ham, Xevedes ham Rossiyada yomon o'ynashmagan. Ha, SHyurrlening "ketmoni unchalik uchmadi", lekin bunga ko'proq uning sog'lig'i bilan muammolar sabab bo'ldi deb hisoblayman.


– Xevedes ham, SHyurrle ham Rossiyadan ketgan. Bundan keyin Rossiya klublarida boshqa nemis yulduzlarni kutishimiz mumkinmi?
– Nega endi yo'q? Qo'shimchasiga, aytganimizdek germaniyalik menedjerlar ko'paysa. Misol uchun "Borussiya" Getce bilan xayrlashdi va katta ehtimol bilan u xorijdan variant qidiradi. Mario SHyurrle bilan yaxshi do'st. O'ylashimcha, u Andredan Rossiya haqida ham so'rasa kerak.


– Biroq, oxirgi yillarda Bundesligada rossiyaliklar deyarli ko'rinish bermayapti. Nafaqat rossiyalik, balki sobiq ittifoq hududidagi mamlakat futbolchilari ham…
– Germaniya klublari asosan Franciya, Gollandiya, Avstriya, SHveycariyadan futbolchi izlashadi. Rossiyaliklarga kelsak, ko'plab nemis jamoalari u erdagi yosh iqtidorlarni qo'lga kiritishni istardi, lekin bunday futbolchilar ko'p emas. Qo'shimchasiga, borlari ham mahalliy klublarga kerak. Tajribaliroq rossiyalik futbolchilar esa u qadar arzon turmaydi.

 Bunda Rossiya termasining katta musobaqalarda stabil o'yin ko'rsata olmayotgani ham rol o'ynamoqda. Mana misol uchun Islandiya termasi Evro-2016 va JCH-2018da muvaffaqiyatli ishtirok etdi – hozir ularning bozori chaqqon. Nemis klublarida sobiq ittifoq davlatlari futboli haqida u qadar keng malumot yo'q. Menimcha, u erlarda ham iqtidorli, yaxshi futbolchilar bor. SHunchaki biznikilarda ular haqida malumot yo'q.


Muallif:
Miron Goyxman

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика