So’nggi yangiliklar

01:50Лэмпард кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди  0 01:24АПЛ топ-клублари "Лейпциг" вингерига қизиқмоқда  0 00:50Давид Сильва Гвардиоланинг ягона камчилигини айтди  2 00:16Оскар футболчилик фаолиятини якунлади  3 23:53Флик: "Рэшфорд захирада қолдими, демак, таркибда энг яхшилар ўйнамоқда"  2 23:32"Алавес"га қарши ўйин олдидан "Реал"да муаммолар кўп  5 23:10Салоҳ қайтди!  8 22:46"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  2 22:15"Бунёдкор" янги мавсум олдидан икки легионер олиши мумкин  0 21:54Пол Мерсон: "У ҳужумда ўйнар экан, "Арсенал" чемпион бўлмайди"  4 21:35"Бунёдкор" Абдусаломов билан шартномани узайтирди  0 21:21Арне Слот: "Салоҳнинг "Интер" билан ўйинда бўлмаслигини мен истадим"  10 20:55Ханс-Дитер Флик: "Реал" ҳақида гапиришни истамайман"  5 20:35Дитмар Хаманн: "Алонсонинг салоҳиятини йўқотиш учун 5-6 ойнинг ўзи етарли бўлди"  3 20:09Лаутаро Мартинес "Ливерпуль"га мағлубият ҳақида: "Бу адолатсизлик бўлди"  1

Mirko Yelichich: "Biz bunday futbol o'ynashni istamaymiz. Lekin bizga bu mag'lubiyat ham etarli bo'ldi" Yangiliklar

Mirko Yelichich: "Biz bunday futbol o'ynashni istamaymiz. Lekin bizga bu mag'lubiyat ham etarli bo'ldi"

Pro-liganing 20-turida "Aral" - "Lokomotiv" uchrashuvidan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich matbuot anjumanida qatnashdi.

- Avvalo "Aral" jamoasiga kurash uchun rahmat aytmoqchiman. Ularga qarshi hamma o'yinlarimiz qiyin o'tdi. Mavsum boshidagi matbuot anjumanida ham aytganimdek, bu maydonda futbol o'ynash qiyin. Biz holatga qarab, tajribaga tayanishni maqul ko'rdik. Ular to'p bilan bo'lganida istalgan holatga tez moslashishadi. Eng muhimi natijani qo'lga kiritdik. Lekin biz bunday futbolni o'ynash uchun harakat qilmaymiz. Bu hech qachon kerak emas. 

- 6 jamoa o'ynagan Pro-liganing ushbu mavsumi haqida nima deya olasiz?

- Ha, holat unchalik optimal emas. Oldinlari bir ligada 6 jamoa o'ynagani haqida eshitmagandim. Bir jamoa bir raqib bilan 4 marta o'ynashi kerak. Umid qilamanki bu o'zgarib, holat yaxshilanadi. PFL endi boshqacha yo'l tutsa kerak. Albatta, bu nimaligini biz bilmaymiz. Mavsum biz uchun og'ir o'tdi, har bir o'yinda qiynaldik. Bir raqib bilan ko'p o'ynagandan keyin raqiblar haqida ko'p malumotlar bo'lar ekan. Yaxshi-ki, mavsum tugadi va barchasi ortda qoldi.

- "Aral" jamoasidan nimalar kutgandingiz va bular qanchalik amalga oshdi?

- Bu o'yin qiyin bo'lishini bilardik. "Aral" bu erda maksimal bosim uyushtirishga harakat qiladi. Barcha futbolchilar o'yinga to'liq tayyor bo'lishadi. Shu sababli ko'p narsalarni o'zgartirib bo'lmaydi. Bugun mag'lub bo'lgan bo'lsak-da, biz uchun bu etarli bo'ldi. Bugun ular doimgidan boshqacharoq o'yin ko'rsatishdi. Bu o'yingacha bo'lgan ruhiy holat bilan bog'liq. Shu bois istaysizmi yo'qmi boshqacharoq ishlashga to'g'ri keladi. Lekin siz qanchalik reja qilsangiz ham bu stadionda kutganingizdek o'ynay olmaysiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика