So’nggi yangiliklar

03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  1 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  15 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  164 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  6 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  3 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1 23:42Роналду Жаҳон чемпионитида ғалаба қозонишни орзу қилмаслигини айтди  13 23:31Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон футзал термаси Саудия Арабистонини мағлубиятга учратди  0 23:17Ислом Исмоилов: "Эртанги ўйинга футболчилар 100% тайёр"  5 22:32Мбаппе пенальти тепиш имкониятини энди бошқаларга бермайди  6 21:52Пеп Гвардиола: "Франция ва Германияда ЕЧЛда ўйнайдиган жамоалар жума куни чемпионат ўйинларини ўтказишмоқда"  4 21:32Криштиану Роналду: "Манчестер Юнайтед" нотўғри йўлда"  13 21:08Эрлинг Холанд: "Мен улар каби бўла олмайман"  11

Ilyos Zeytullaev: "O'tgan yilgi o'rnimizni yaxshilashni maqsad qilganmiz" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "O'tgan yilgi o'rnimizni yaxshilashni maqsad qilganmiz"

Superliga 27-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" (4:2) uchrashuvidan so'ng "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Hammaga xayrli kech. O'ylashimcha, o'yin ancha qiziq kechdi. Biz bu bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Afsuski, tezkor gol o'tkazib yubordik. Bu esa ruhiy jihatdan tasir qildi. Ikkinchi taym anchagina qiziq kechdi. Har ikki jamoa muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etdi.


- Ikkita har xil taym guvohi bo'ldik. Nima uchun birinchi taymda "Bunyodkor" ko'rinmadi?

- Savolingiz uchun rahmat. Himoyada xatolar kuzatilgan bo'lishi mumkin. Chap qanot himoyasida chapaqay futbolchi o'ynashi kerak. Biz Bugarinni chap qanotga qo'ymadik. Bu mavsum Najmiddin Normurodov ko'p o'yinlarni chap qanot himoyachisi sifatida o'tkazdi. Shunday qilishimizga to'g'ri kelyapti. "Paxtakor" ko'p bosim uyushtirgani tufayli xatolar kuzatildi.


So'ngra futbolchilar joyini almashtirdik: Bugarin chapga o'tdi, Najmiddin esa o'ng qanotda o'ynay boshladi. "Paxtakor" yaqinda Kubok sohibi bo'ldi va bu bilan jamoani tabriklayman. Yana bir narsani unutmaslik kerak, "Paxtakor"da ikkita teng kuchli tarkib bor. Zaxiradan tushgan futbolchilar ham birdaniga o'yinga qo'shilib keta olyapti. Buning uchun bosh murabbiy Kamoliddin Tojiev katta hajmdagi ishni olib boryapti.


- Bugun Hojiakbar Alijonov to'p bilan bemalol oldinga borib juda chiroyli gol urdi. Hamma uning qanday o'ynashini biladi, lekin futbolchilar shunchaki tomoshabindek qarab qoldi.

- Alijonov qanday o'yin namoyish etishini biz ham bilardik. Alijonov sifatli o'yin ko'rsatadi, u O'zbekiston chempionatidagi eng kuchli futbolchilardan biri. Bugun ham o'zini ko'rsata oldi va bu vaziyatda bizning futbolchilar hech narsa qila olmadi. Futbol shunisi bilan qiziq. Alijonovga o'xshagan futbolchilarni qafasga qamab qo'ya olmaysiz, uni yopishga urinsangiz boshqacha o'yin namoyish etishni boshlaydi.


- Keyingi turlarda jamoa oldiga qanday maqsad qo'yiladi?

- O'tgan yilgi o'rnimizni yaxshilashni maqsad qilganmiz. O'tgan mavsum chempionatni 10-o'rinda tugatgandik. Bu yil esa yanada yuqoridan joy olishga harakat qilyapmiz. O'zbekistonda futbol saviyasi oshgan, kuchli jamoalar ko'paydi, chempionatdagi shiddat ham o'syapti.


- Mavsum yakuni arafasida kimlar ketishi va kimlar kelishi haqidagi gap-so'zlar ko'payadi. Qozog'istonlik jurnalistlar Itsuki Urataga "Aktobe" qiziqayotganini yozishdi.

- Agar men ham bironta yangilik aytadigan bo'lsam, biron bir futbolchiga "Real" Madrid qiziqayotgani haqida yozish rostan ham "Real" Madrid qiziqayotganini bildirmasligi mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика