So’nggi yangiliklar

10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  0 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  7 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  1 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  2 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  7 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  7 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  66 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  4

Ilyos Zeytullaev: "Bunday o'yinlar ko'proq dars beradi" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Bunday o'yinlar ko'proq dars beradi"

Superliganing 22-turi doirasida OKMK - "Bunyodkor" bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bunday o'yinlar g'alabalardan ko'ra ko'proq dars beradi. Bazida ishlar yaxshi ketyapti deb o'ylayotganingda shunday o'yinlar bizni fikrlashga, o'sishga undaydi. Hisob 2:1 paytida biz o'ynayotgandik, hatto bunday og'ir maydonda o'ynasak ham. Yigitlarga oson bo'lmadi. Birinchi bo'limda nimalardir qilishga harakat qildik. Darvozabonimizning xatosidan keyin biz to'xtab qoldik. Ha, bunday holatlar ham bo'lib turadi. Bunaqasi boshqa bo'lmasligi kerak. Bugun tarkibda ko'plab yosh futbolchilar maydonga tushdi. OKMK jamoasida bir hafta oldin "So'g'diyona"ga qarshi bahsda ham shunday holat bo'lgandi. Bu futbol. 

- Siz kelganingizdan keyin "Bunyodkor"da bir maqsad yo'lida kurashish, bir yoqadan bosh chiqarishda ancha o'sishga erishdi. Biroq bugun ikkinchi goldan keyin barcha "uxlab qoldi". Bu "Bunyodkor" uchun noodatiy holat.

- Siz haqsiz. Kelganimdan buyon bunday holat ilk marta sodir bo'lmoqda. Barchasini taxlil qilib, yigitlar bilan gaplashib olamiz. Bunday holatga asosiy javobgar menman. Chunki asosiy ko'rsatmalarni men etkazib bera olishim kerak. Lekin bu kabi holatlar yaxshilikka hizmat qilishi kerak. Hisob 2:1 paytida ham biz zich himoyalanib, yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz kerak edi. O'tgan 95 daqiqalik o'yindan istagancha dars olish mumkin.

- So'nggi paytlarda darvozabonlar xatolari borasida o'zingiz ham gapirgandingiz. Bugun Abdumavlon Abdujalilov xato qilganidan keyin uning o'zi almashtirilishini so'radimi yoki Siz almashtirdingizmi? Chunki darvozabonni almashtirish darvozabonlardagi o'ziga bo'lgan ishonchni tushirib yuboradi.

- Yo'q, barchasi menga bog'liq bo'lganida uni o'zgartirmagan bo'lardim. Abdumavlon yaxshi darvozabon, xato esa hammada bo'lib turadi. Faqatgina bir xato uchun futbolchini almashtirmayman. Abdumavlon jarohat oldi. Shu sababli almashtirildi. Bunday og'ir maydonda o'ynagandan keyin xatolar soni salmoqli bo'ladi. Bu erda yana yaxshi maydon bo'ladi. Yomon joyi yo'q.

- O'zbekiston Kubogi finalida kimlar o'ynashini taxmin qilyapsiz?

- "Paxtakor" - asosiy favorit. Bir hafta oldin OKMKga qarshi o'ynagan "So'g'diyona" ham ajoyib holatda. Menimcha "Paxtakor" va "So'g'diyona" o'z juftliklarida favorit va ular finalga chiqishadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика