So’nggi yangiliklar

12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  0 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  1 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  11 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  3 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  0 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  3 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  15 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  9 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  19

Nematulla Quttiboev: "Lokomotiv"ga qarshi 4 o'yin o'tkazgan bo'lsak, shularning 3tasida biz ulardan yaxshiroq edik" Yangiliklar

Nematulla Quttiboev: "Lokomotiv"ga qarshi 4 o'yin o'tkazgan bo'lsak, shularning 3tasida biz ulardan yaxshiroq edik"

Pro-liganing 20-turida "Aral" - "Lokomotiv" uchrashuvidan keyin "Aral" bosh murabbiyi Nematulla Quttiboev matbuot anjumanida qatnashdi.

- "Lokomotiv"ni Superligaga chiqqani bilan tabriklayman va ularga Superligada omad tilayman. O'yinni yaxshi boshlagandik. Dastlabki 15 daqiqalikdan keyin raqiblar o'yinni tenglashtirdi. Biz gollar urishimiz kerak edi. Lekin ko'p ham vaziyatlarimiz bo'lmadi. "Lokomotiv" himoyada zo'r o'ynadi. Keyin esa penaltidan gol urdik. Buyog'iga vaqt etmay qoldi. Yigitlarimga rahmat aytaman, ular oxirigacha kurashishdi.

- Pro-liganing ushbu mavsumi haqida nima deya olasiz?

- Zo'r deya olmayman. 6 jamoa kurashdi. O'yinlar soni kam bo'lgani uchun o'rtadagi muddat katta bo'ldi. Har 10 kunda o'ynaydigan futbolchilarning jismoniy holatini ushlab turish oson bo'lmadi. 

- O'tish o'yini 14 dekabr kuni o'tkaziladi.

- Biz tayyorlanamiz. Superliganing jamoasi bilan ham munosib o'ynab, jamoani Superligaga olib chiqishga harakat qilamiz.

- Savolni to'ldiraman: 2022 yil "Lokomotiv" ham o'tish o'yinida o'ynaganida sal kam bir yarim oylik tanaffusdan keyin o'sha bahsga etib borgandi. Jamoa deyarli bir yarim oy o'yin o'tkazmagan va o'yin tonusisiz qolgandi. "Aral"da ham shu holat qiynashi mumkinmi?

- 100 foiz. Hozir men 10 kun uchun shikoyat qildik, lekin bu erda gap 1 yarim oy haqida ketmoqda. Superliga jamoalari o'zaro o'yinlar o'tkazadi. Ularda chempionat ham tugamadi. Yigitlarni qay tariqa yaxshi holatda ushlab turamiz, bilmayman. Ha, qiyin bo'ladi, shunda ham o'ynash kerak.

- "Aral" Superligaga juda yaqin kelgandi. Jamoa kerakli hisobda g'alaba qozonsa bo'lgani edi. Bugungi o'yin davomida jamoada o'yinni o'ziga oladigan etakchi ko'rinmadi. Bunga nima sabab tasir o'tkazdi?

- Hamma narsa. O'yin oldidan ko'rsatmalar berayotganimda futbolchilardan kim shunday o'yinda o'ynaganini so'radim. Bu kabi salkam final o'yinlarida hech kim o'ynamagan. Etakchi haqidagi gapni ham aytdim. Bunday paytda jamoada etakchi bo'lishi kerak. Futbolchilardan tayyormisiz, maydonga tushib, g'alaba qozona olasizlarmi, boring, deb aytdim. To'g'ri aytdingiz, jamoada etakchi, boshi bilan gol ura oladigan futbolchilar kerak. Bizga hissiyotlar etishmadi. Lekin o'yin bobida "Lokomotiv" bizdan kuchli edi deya olmayman. Ularga qarshi 4 o'yin o'tkazgan bo'lsak, faqatgina bittasida ulardan pastroq o'ynadik. Qolgan holatlarda biz "Loko"dan yaxshiroq edik. Bugun "Loko" himoyada juda tartibli o'ynadi. Bizda esa unday bo'lmadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика