So’nggi yangiliklar

00:22"Сельта" — "Барселона". Таркиблар маълум  0 00:21"Интер" — "Лацио". Таркиблар маълум  1 00:18"Лион" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  57 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  81 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  9 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  27 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1

Superliga. "So'g'diyona" safarda 10 kishi qolgan "Xorazm"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" safarda 10 kishi qolgan "Xorazm"ni mag'lub etdi

O'zbekiston Superligasining 28-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "So'g'diyona" o'yini bo'lib o'tdi.

"Xorazm" - "So'g'diyona" 0:2
9 noyabr 2025 yil. Urganch, "Xorazm" stadioni. 17:15
Hakamlar:
Abdurashid Xudoyberganov, Shavkat Rahmatov, Sardor Hakimov, Feruzbek Hidoyatov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Amal Sultonov
Komissar: Mansur Sarimsoqov

Gollar: Lyupcho Doriev 83, - 0:1 (Javohir Qahramonov). Jasur Jaloliddinov 90+3, - 0:2 (Lyupcho Doriev). 

"Xorazm": 1.Mashxurjon Muhammadjonov, 2.Diyorbek Ortiqboev, 6.Abbosjon Otaxonov, 7.Temurbek Ismailov (79.Azizjon Ahrorov, 90+3), 8.Xazratjon Tursunqulov (11.Humoyunmirzo Iminov, 66), 15.Vladimir Bubanya (s), 18.Iskandar Shayqulov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 77.Sunnatulla Abdullajonov (10.Murodbek Bobojonov, 62), 88.Abror Xo'sinov, 94.Rustamjon Abduhamidov

Zaxira: 12.Sardor Qobuljonov, 3.Ravshanbek Sultanov, 4.Farruhjon Ibrohimov, 20.Danila Ejov, 22.Asadbek Saitxonov, 30.Odamboy Olimov, .

"So'g'diyona": 1.Shoxruh Isoqov, 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 8.Suhrob Izzatov, 10.Shoxruhbek Abdurahmonov (70.Jasurbek Jaloliddinov, 63), 14.Lyupcho Doriev, 18.Oybek Nurmatov (5.Behruz Jumatov, 73), 19.Javohir Qahramonov, 28.Stanislav Andreev (9.Samandarjon Mavlonqulov, 55), 33.Sardor Rahmonov, 98.Rubin Xebay (99.Umidbek Sultonov, 73)

Zaxira: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 34.Dilshodbek Misiraliev, . 

Ogohlantirishlar: Rubin Xebay 59, Umidbek Sultonov 80, Otabek Ahadov 88. 

Chetlatish: Abbos Otaxonov 49.  


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+5. O'YIN TUGADI. "Xorazm" - "So'g'diyona" 0:2

90+3. O'zgarish. "Xorazm". Ismoilov o'rniga Ahrorov tushdi 

90+2. GOL! Dorievdan to'pni qabul qilib olgan Jasur Jaloliddinov chiroyli gol urdi - 0:2

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi 

90. Zarba! Doriev Sultonovning to'p uzatishidan keyin noaniq zarba berdi

88. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Otabek Ahadov

83. GOL! Jaloliddinov-Qahramonov-Doriev kombinaciyasi gol bilan tugadi - 0:1

82. UXX! Chap qanotdan Abduhamidov chiroyli reyd uyushtirdi va zarba berdi, Isoqov rekoshetlardan keyin ham to'pni qaytara oldi! 

80. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Umidbek Sultonov 

79. ZARBAAAA! Jaloliddinovning to'p uzatishidan keyin Izzatov birga bir vaziyatga chiqib zarba berdi, Muhammadjonovdan seyv! 

73. O'zgarishlar. "So'g'diyona". Xebay va Nurmatov o'rniga Sultonov va Jumatov tushdi 

72. ZARBA! Iminovning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.  

69. ZARBAAAA! DARVOZA TO'SINI! O'ng qanotdan Nurmatov uzatgan to'pni Doriev to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi! 

67. UXXX! ZARBAA! Chap qanotda Abduhamidovning faolligidan keyin jarima maydoni ichidagi Bobojonov yaqin masofadan zarba berdi, Isoqov jamoasini goldan qutqardi! 

66. O'zgarish. "Xorazm". Tursunqulov o'rniga Iminov tushdi 

66. "So'g'diyona"da burchak to'pi, Izzatov uzatgan to'pni Bubanya qaytardi. 

63. O'zgarish. "So'g'diyona". Abdurahmonov o'rniga Jaloliddinov tushdi 

62. Zarba! Jarima to'pidan Xo'sinov zarba berdi, Isoqov o'z o'rnida 

62. O'zgarish. "Xorazm". Abdullajonov o'rniga Bobojonov tushdi 

59. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Rubin Xebay

55. O'zgarish. "So'g'diyona". Andreev o'rniga Mavlonqulov tushdi 

49. CHETLATISH! "Xorazm" himoyachisi Abbos Otaxonov birga bir vaziyatga chiqib ketayotgan Javohir Qahramonovni yiqitgani uchun maydondan chetlatildi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi 


45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi 

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi 

45. Zarba! Shayqulovning uzoqdan tepgan to'pi aniq bordi, lekin Isoqov o'z o'rnida 

41. "Xorazm"da jarima to'pi, Abdullajonov uzatgan to'pni Andreev qaytardi 

40. "Xorazm" qarshi hujumga o'tishga urindi, Ahadov hujumni to'xtatdi

33. Hozirgacha darvoza tomon zarbalar bo'yicha statistika 7:1, aniq zarbalar 1:0 ekan 

33. ZARBA! Abduhamidovning zarbasi noaniq ketdi 

28. ZARBA! Diyor Ortiqboevning 25 metrlardan tepgan to'pi noaniq chiqdi 

26. "Xorazm"da navbatdagi burchak to'pi, Abdullajonovning oshirgan to'pini Isoqov ushlab oldi 

25. "So'g'diyona"ning hujumi, Abdurahmonovning zarbasi kuchsiz bo'ldi va to'p raqibga tegib qaytdi 

24. Zarba. Abdullajonovning jarima maydoni tashqarisidan tepgan kuchsiz zarbasidan keyin Isoqov to'pni ushlab oldi 

22. "So'g'diyona"ning kam sonli hujumlaridan biri. Doriev burchak to'pi ishladi va uni o'zi amalga oshirdi, uzatilgan to'pni Bubanya boshi bilan qaytardi 

21. Zarba! Temur Ismoilovning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi

19. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan jarima maydoniga uzatilgan to'pni Abdullajonov darvoza tomon yo'lladi, to'p Qahramonovning oyog'idan maydonni tark etdi 

14.ZARBAAA! Tursunqulovning 30 metrlardan tepgan to'pi darvoza ustidan o'tib ketdi, biroz noaniq!

12. "Xorazm" juda katta ustunlikka ega, hujumlar to'xtamayapti, Ortiqboevning chap qanotdan uzatgan to'pini himoyachi qaytardi! 

10. "Xorazm" burchak to'piga ega bo'ldi, Xo'sinov uzatgan to'pga sheriklari eta olishmadi

7. Xavfli vaziyat! Abduhamidov jarima maydoniga kirib zarba berdi, to'p yo'liga Qobilov to'g'anoq bo'ldi 

5. Zarba! "Xorazm"ning dastlabki hujumi, Shayqulovning jarima maydoni yonidan tepgan zarbasi ancha noaniq ketdi 

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 17:15da boshlanadi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

+3   
09 noy 20:08:12
Фарход
Хоразм клубига жалко , неча йил деганда супер лига да чикди, мавсум бошида 1 ой колганда команда кайта ташкил килинди , Фузайлов ва команда кулидан келганча харакат килди, ярим мавсум зиёд уз майдонида уйнамади, шунисига хам рахмат, хали утиш турнири бор, мавсум давомида озми купми тажриба ортирилди, энди буёгига Омад, Динамо Самарканд мухлисларидан
+3   
09 noy 19:11:04
Даврон Маматқулов
Кизил уйинни бузди узаро кучлар тенг эди
+2   
09 noy 17:14:38
Барса1970
55 ёшга Хоразм шахри бор эканини билмапман шархловчи шундвй деб бошлади
+2   
09 noy 17:11:07
Барса1970
Ҳорзам аҳволинг оғир шерикларинг ҳаммаси "ютди"
+1   
09 noy 19:13:34
Даврон Маматқулов
Сугдиена кўтарилди 8 уринга
+1   
09 noy 19:11:21
Санжар
Zohid Sheraliev foydalanuvchining fikriga javob berish
Сугдиена бугун танга килади
Кутингга караб очган фолингга Сугдиена тупуриб куйди)))
+1   
09 noy 18:20:56
Мирхан
ХАКАМ КАЛЛАСИ ЖРЙИДА ЭМАС САБАБИ ФУТБОЛЧИ ДАРВОЗАДАН 50 МЕТР НАРИДА КИЗИЛ КОРСАТИШГА БАЛО БОРМИ
   
09 noy 19:39:59
Бахтиёр Ашуров
Барса1970 foydalanuvchining fikriga javob berish
Етиб келди Хоразм
Балки ...
   
09 noy 19:36:07
Барса1970
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Сафарда андижон билан қийин ўйин бўлади. Лекин ўз майдонида нефтчи билан ҳимояда ётволиб, дуранг қилиши мумкин!
Етиб келди Хоразм
   
09 noy 19:21:41
Timur Nazarov
Санжар foydalanuvchining fikriga javob berish
Кутингга караб очган фолингга Сугдиена тупуриб куйди)))
Бунака фолбинлар куп
   
09 noy 19:19:09
Бахтиёр Ашуров
Барса1970 foydalanuvchining fikriga javob berish
Ҳорзам аҳволинг оғир шерикларинг ҳаммаси "ютди"
Сафарда андижон билан қийин ўйин бўлади. Лекин ўз майдонида нефтчи билан ҳимояда ётволиб, дуранг қилиши мумкин!
   
09 noy 17:46:59
Zohid Sheraliev
ихтиер тошпулатов дегичлари уйнамаган жамоаси бизнинг кишлокнинг термаси колдийов ..
-1   
09 noy 17:34:16
Zohid Sheraliev
Сугдиена бугун танга килади
-2   
09 noy 19:05:22
Мирхан
ХОРАЗМНИ ЖОЙИ ПРО ЛИГА ЭКАНДА . СУГДИЕНА ШУНДА ХАМ ЯРИМ КУЧ БИЛАН УЙНАДИ
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика