Ratino keyingi mavsum uchun rejasi va yil davomida eng noqulay bo'lgan futbolchi kimligini aytdi
09 noy 2025 12:07
Yangiliklar
Ratino keyingi mavsum uchun rejasi va yil davomida eng noqulay bo'lgan futbolchi kimligini aytdi
Superliganing 28-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Dinamo" (1:3) uchrashuvidan so'ng samarqandliklar yarim himoyachisi Jurani Francisko Ferreyra (Ratino) Championat.asia saytiga intervyu berdi.
— Bugungi o'yin siz uchun qanday o'tdi?
— O'yin kutilganidek qiyin bo'ldi, ammo bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ikkinchi bo'limda o'z o'yinimizni namoyish eta oldik, qulay vaziyatlar yaratdik va ijobiy natijaga erishdik.

— Kelasi mavsum sizni boshqa jamoa safida ko'rishimiz mumkinmi?
— Hozircha bilmayman. Mavsum yakunini kutamiz. Shundan so'ng “Dinamo” rahbariyati bilan har ikki tomon uchun eng yaxshi qarorni muhokama qilamiz.
— Mavsum davomida raqib jamoalar tarkibida sizga eng ko'p qiyinchilik tug'dirgan futbolchi kim bo'ldi?
— “Nasaf” futbolchisi Oybek Bozorov. U tezkor va aqlli futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar