So’nggi yangiliklar

22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  5 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  40 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  30 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  0 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  373 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6

Bosh murabbiy transfer narxi oshishi uchun uni milliy terma jamoaga chaqirgan?! Millionlar o'yinidagi qing'ir ishlar Yangiliklar

Bosh murabbiy transfer narxi oshishi uchun uni milliy terma jamoaga chaqirgan?! Millionlar o'yinidagi qing'ir ishlar

Bazan maydondan tashqarida ham shu kabi o'yinlar bo'lib turadi.

Yana bir necha kundan keyin Evropada terma jamoalar Millatlar Ligasi uchrashuvlarini o'tkazadi, navbati bilan murabbiylar kimlarni chaqirishni aniqlab olishmoqda. Doim shunday bo'lib kelgan, yig'in yoki rasmiy o'yinlarga oz vaqt qolganda bosh murabbiy termaga kimlar taklif etilishini elon qiladi. Aksariyat hollarda uning qarorlari qizg'in muhokamalarga sabab bo'ladi. Oddiy misol, kuni-kecha Ispaniya termasi murabbiyi Luis Enrikening chaqirgan futbolchilari ro'yxati ham ko'plab savollarga, muhokamalarga sabab bo'ldi. 

Falonchini nega chaqirmadi, falonchiga nima bor termada, nega "falonchiev" bir ishni qoyillatmasa ham tarkibda tushaveradi? Etirozlar deyarli doim bo'ladi, lekin bazan murabbiylarning u yoki bu qarorlarini chindan tushunolmaydi odam.      

SHu mavzu ochilgan ekan, o'zbekistonlik aksariyat muxlislar ham yaxshi biladigan murabbiy Mircha Luchesku "aralashib" qolgan o'ziga xos bir voqeani yodga olsak.   

Yodingizda bo'lsa, 3 yil avval Mircha Luchesku Turkiya termasi boshqaruvini qo'lga olgan va jamoani JCH-2018ga olib chiqishi kerak edi. Lekin saralash yakunida Islandiyadan uchralgan mag'lubiyat  turklarning barcha umidlarini sarobga aylantirdi. Luchesku ishdan ketish niyati yo'q edi va tarkibni yangilash zarurligini aytardi. Yangi maqsad – Evro-2020 edi. Turkiya bunga erishdi, lekin SHenol Gyunesh bilan. Lucheskuni esa korrupciya ishlarida ayblab haydashdi. 


Luchesku Turkiya terma jamoasiga Gollandiya 2-ligasining eng ko'p gol o'tkazib yuborayotgan klubidan himoyachi chaqiradi. Katta ehtimol bilan uning narxini oshirish uchun

Omadsiz saralash bosqichidan keyin o'rtoqlik o'yiniga u bir guruh yosh futbolchilarni taklif qildi, ularning ichida Erol Alkan – "Dordrext" (Gollandiya 2-ligasining eng ko'p gol o'tkazib yuborayotgan jamoasi)dan markaziy himoyachi bor edi. 

Xop, Erol Alkan o'zi kim va nega uning milliy termada paydo bo'lishi bunday alohida etiborga loyiq ko'rilib, murabbiy Lucheskuni agentlar bilan til biriktirishda ayblashdi?

Aslida Erol Alkan markaziy himoyachi, o'shanda u 23 yoshda edi va eslab ulgurganimiz "Dordrext" safida harakat qilardi. Bazi himoyachilarda bo'lgani kabi hujumga faol qo'shilish, samarali harakatlari bilan u maqtana olmaydi – 14 o'yinda uning gollari va samarali uzatmalari soni bir xil "0"ni ko'rsatardi. SHunday bo'lsa-da, milliy termadan taklif oldi.

"Uning boshqalar sezmagan qanday jihati bor?" - degan savol turkiyalik hamkasblarimizga tinchlik bermasdi. "Balki 23 yoshigacha u mamlakat asosiy jamoalari "Galatasaray", "Fenerbaxche" yoki hech bo'lmasa "Bursaspor" etiboridan tushmay kelarmidi va kelishuvlar so'nggi pallalarda imzolanmay qolaverarmidi?".

Ammo asl haqiqat biroz boshqacha bo'lib chiqdi.

Faoliyati davomida Erol Alkan "Elazigspor" (13/14-yilgi mavsumda 6 uchrashuv), jamoasi 34 o'yinda 62ta gol o'tkazib yubordi va Superligadan tushib ketdi.

"Elazigspor"dan keyin Erol "oldinga qadam tashladi" va 3-divizion vakili "Xatayspor"ga borib qo'shildi (ikki mavsumda 10 uchrashuv - ortiqcha izoh shartmas chamamda). Qizig'i, "Xatayspor" ham sal qolsa Alkan bilan bitta divizion pastlab, 4-divizionga tushib ketardi.

Keyinroq futbolchi omadini Turkiyadan tashqarida sinab ko'rishga qaror qildi va Gollandiyaga 2-divizion vakili "Dordrext" safida to'p tepa boshladi.

Matbuot-anjumanida Luchesku tarkibga Erolni jalb etish asli uning g'oyasi emasligini "qog'ozga o'rab" aytib ketdi: "Bazi futbolchilarning harakatlarini men yig'in vaqtida ilk bor ko'rdim" - degandi ruminyalik murabbiy va shu yo'l bilan aslida gap unda emasligiga shama qilgandek.


SHunga qaramay, Erol Ruminiyaga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritildi.   

"Haberturk" gazetasi muxbiri Attila Tyurker ushbu voqea yuzasidan jurnalistik surishtiruv o'tkazadi va quyidagilarni aniqlaydi.

Futbolchining agentlari Metin Korkmaz va Ozkan Dogan Turkiyaning ko'plab klublari bilan yaqin aloqalari bor. Ularning ish usuli quyidagicha. So'zlarini erda qoldirmaydigan tanishlari orqali ular mijozlarining terma jamoadan taklif olishiga erishadilar, o'z-o'zidan avtomatik ravishda uning transfer narxi ko'tariladi. Natijada, hozirgi klubida yiliga 12 ming evro maosh oladigan Erol Alkanga, milliy termaga chaqiruvdan keyin Korkmaz va Dogan "mehnati" samarasi o'laroq, Turkiyaning nomdorroq klublaridan biri taklif bilan chiqishi kerak. Ushbu klub milliy terma jamoa futbolchisi darajasidagi shartlar bilan taklif tayyorlaydi. Qisqa vaqt ichida Erol "bechora"ning oyligi yiliga 600-700 ming evrogacha ko'tariladi. Yangi klubi bilan 3-4 yilga shartnomadan u ham, agentlari ham va hatto u o'ynayotgan klub ham bu transferdan xursand. Naqadar oddiy, ammo aqlli reja.

Erol Alkan ishini chuqurroq o'rgansangiz masalaning qiziq tomonlari chiqib kelaveradi.

Erol Alkanning milliy termaga "kiritilishi" bir yil davomida malum bosqichlar bilan amalga oshirilgan. 2016 yil sentyabr oyida u birinchi va umrida oxirgi marta murabbiy Abdulla Erjan tashabbusi bilan mamlakat yoshlar termasiga chaqiriladi. Ushbu jamoa tarkibida ikkita to'liq o'yin o'tkazadi. Mamlakatning asosiy jamoasini u vaqtga kelib Fotix Terim boshqarardi. Dogan va Korkmaz unga murojaat qilishga qo'rqishadi. Lucheskudan farqli o'laroq, Terim chindan ona yurti bosh jamoasi kuchayishi, o'sishini istardi va tarkibga tabiiy yo'l bilan, har bir futbolchi o'z o'yini bilan kirardi.



Rossiyalik boshqa bir hamkasbimiz Tyurker ishi asosida yangi material yozadi va unga to'g'ri Turkiyadan Lucheskuning o'zi qo'ng'iroq qiladi. 20 daqiqa davomida murabbiy Alkanni u tayanch zonasida ko'rganini tushuntirishga urinadi.

Bu gaplar qanchalik kulgili eshitilishini tushunish uchun, o'sha vaqtda Alkan himoya markazida o'ynaydimi, tayanch zonasidami farqi unchalik katta emas, shunchaki raqobatchilar kimligini bilish etarli: CHaglar Seyundju (o'sha vaqtda "Frayburg"da javlon urayotgan ajoyib markaziy himoyachi), Okay Yokushlu (o'shanda "Trabzonspor"), Omer Toprak (o'shanda "Borussiya" D), Serdar Aziz (o'shanda "Galatasaray") va Ozan Tufan ("Fenerbaxche").

Voqealar rivoji o'zgarib ketgach, Alkan maydonga tushirilmadi va keyin ham tasodifan termaga taklif qilinmadi. Oxirgi mavsumni u Bolgariyada "Beroe" jamoasi safida o'tkazdi, undan keyin esa Myunxen regional ligasi vakili safiga borib qo'shildi. 

Qo'yilgan ayblov isbotlanmadi, maqoladagi o'sha faktlar asoslimi yoki yo'q rasman "ha yoki yo'q" degan javobni hech kim aytmadi. Ammo Luchesku negadir jurnalist Tyurkerni sudga bermadi va oradan ikki oy o'tgach, termadan korrupciya ishlariga aralashganlikda ayblanib "quvildi". SHunchaki tasodifmi? Xulosa o'zingizdan!


Xorij saytlari asosida Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика