So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  83 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  845 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Bosh murabbiy ketgani bilan vaziyat o'zgaradimi yoxud “SHo'rtan”dagi yangi mojarolar Yangiliklar

Bosh murabbiy ketgani bilan vaziyat o'zgaradimi yoxud “SHo'rtan”dagi yangi mojarolar

Muammolar girdobida qolgan “SHo'rtan” hali beri bu qiyinchiliklardan chiqib keta olmaydigan ko'rinadi.

Yakuniga etgan birinchi davra klub uchun har tomonlama og'ir o'tdi. FIFA bilan bog'liq mojaro, uning ustiga natijalarning yaxshi emasligi va murabbiylarning almashinuvi... Birinchi davra bahslari tugashi bilanoq bosh murabbiy Ixtiyor Karimov va uning yordamchilari – Komil Jo'raev bilan Botir Qodirqulov ham ishdan bo'shatildilar. Xabaringiz bo'lsa, yaqinda klubga yangi rahbar sifatida Kamoliddin Rahimov tayinlangandi. Aftidan u boshqa mutaxassisni olib kelmoqchi. Lekin hozirgi sharoitda “SHo'rtan”ni boshqarishga ancha-muncha murabbiy rozi bo'lmasligi ham bor gap.

Klubning FIFA bilan bog'liq mojarosi esa hali beri tugamaydigan ko'rinadi. Malum bo'lishicha, kuni kecha ushbu tashkilotdan “SHo'rtan”ga yana bir xat kelgan va unga ko'ra 2012 yili jamoani boshqargan belorussiyalik Igor Kriushenko hamda darvozabonlar murabbiyidan bo'lgan qarzdorlikni to'lashi majbur etib belgilangan. Ochig'i, bizning bundan xabarimiz yo'q edi, Ixtiyor Karimov bilan suhbat jarayonida uning o'zi bu haqida bizga malum qildi. Ko'rinib turibdiki, g'uzorliklarning muammolari osongina bartaraf bo'ladigan holat emas. Karimov bilan bog'langanimizda esa avvaliga bosh murabbiylikdan istefoga chiqishini qanday qabul qilgani haqida so'radik va hammasi shundan boshlandi. Dastlab klubdan ketishi va “SHo'rtan” bilan bog'liq masalalar xususida gap bordi. Keyin esa vaziyat klubning FIFAdagi yangi mojarolariga bog'lanib ketdi.

-   Istefoni to'g'ri manoda qabul qilish kerak, - deydi, Karimov. - Jamoaga kelgan yangi rahbarning o'ziga yarasha rejalari bordir. “SHo'rtan”ni kuchaytirish uchun yaxshi natijalarga erishishga haraqat qilishni o'ylab turgan bo'lsa kerak. Ko'ramiz, nima ham derdim, omadini bersin. To'g'risi, men bunday o'zgarishni ancha oldin sezgandim. Xabaringiz bo'lsa, yaqinda ham ommaviy axborot vositalarida “SHo'rtan” yangi bosh murabbiy qidiryapti, degan xabar chiqqandi. SHu sababli deyarli mana shunday o'zgarish yuz berishi men uchun aniq edi.


-   Mavsum boshida Aleksadr Volkov bosh murabbiy bo'lib ishni boshlagandi. Ammo 4 ta turdan keyin ishdan bo'shatildi va siz uning o'rnini egalladingiz. Endi bo'lsa birinchi davra tugagach, sizni ham istefoga chiqarishdi. Bunday beqarorlikni nima bilan bog'lash mumkin?
-   Har bir keladigan rahbarning o'z fikri va dunyoqarashi bor. U bir murabbiyni olib keladi va natija bo'lmaganidan so'ng ishdan bo'shatadi. Umuman, har qanday kelgan yangi rahbar o'zi istagan murabbiyni olib kelish payida bo'ladi. Tabiiyki, bunday paytda hamma ayb murabbiyning zimmasiga yuklatiladi.

-   Siz klubda bosh murabbiylikdan tashqari texnik direktor lavozimida ham ishlayotgandingiz. Hech bo'lmasa ushbu lavozimda qoldingizmi yoki “SHo'rtan”ni butunlay tark etdingizmi?
-   Jamoa rahabarlari bilan gaplashdim va hozirgi kunda texnik direktor lavozimida ishlab turaman. Keyinchalik ularning boshqa niyati bo'lib vaziyatni o'zgartirishmasa shu lavozimda qolaman.

-   Birinchi davra ham tugadi va “SHo'rtan”ning ishtirokiga qanday baho berasiz?
-   Albatta, yil boshida istak va umidlarimiz boshqacha edi. O'tgan yili jamoamiz mavsumni 9-o'rinda yakunlagandi. Bu yil esa oltilikka kirish maqsad qilib qo'yilgandi. Ammo FIFA bilan bog'liq mojaro hamda obektiv va subektiv sabablarga ko'ra “SHo'rtan” bir tekisda qatnasha olmadi. CHempionat mobaynida “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor” singari etakchi jamoalarni mag'lub etdik va o'sha o'yinlardan so'ng ishimiz yanada yurishib ketadi deb o'ylagandik. Ammo malum sabablarga ko'ra jamoa biz xohlagandek birinchi davrani o'tkaza olmadi. Menimcha, jamoamiz birinchi davrani hech bo'lmaganda 10-o'rin bilan tugatishi lozim edi. Afsuski, buning uddasidan chiqa olmadik.

-   Bosh murabbiylik paytingizda Toshkentning barcha jamoalari – “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Obod” taslim etildi. Ko'pchilik esa sizni film qahramoni “Robin Gud”ga ham qiyoslashdi va bosh murabbiylikdan ketganingizdan keyin jurnalistlar orasida “SHo'rtan” “Robin Gud”ni istefoga chiqardi, degan gaplar ham bo'ldi. Bunga qanday qaraysiz?
-   Har bir muxlis va jurnalist o'z fikriga ega. Biz har bir ochko uchun harakat qildik va bundan boshqa imkonimiz ham yo'q edi. Niyatimizga erishish uchun futbolchilar o'z kuchiga ishonishgandi. Ammo etakchilarni yutgan taqdirimizda ham vaziyat yaxshi tomonga o'zgarishning o'rniga pasayish kuzatildi. Meni “Robin Gud” deyishadimi yoki boshqami, bu ularning shaxsiy fikri. Men esa o'z ishimni bajarayotgandim.

-   Jamoani tark etgan o'yinchilar haqida malumot bera olasizmi?
-   Xabaringiz bor, bungacha Oleksandr Pishur ketgandi. Oxirgi paytda esa Akmal Xolmatov bilan ham xayrlashishga to'g'ri keldi. Yana boshqa ketadigan o'yinchilar haqida bir narsa deya olmayman. CHunki yangi keladigan murabbiyni o'z rejasi bo'ladi. Balki u Xolmatovni yana qaytarib olishi mumkin. Hammasi rahbariyatning olib boradigan siyosatiga bog'liq. Albatta, o'z rejamizga ko'ra yozgi yig'inda ayrim o'yinchilar bilan xayrlashib, kerakli yangi futbolchilarni tarkibga qo'shib olishimiz kerak edi. Lekin endi menda bunday vakolat yo'q. SHu bois qanday rejalar bo'lishi menga nomalum. Ammo 4 iyulda jamoa G'uzorda yig'iladi. Balki o'shanda yangi bosh murabbiy kelib ishlashi mumkin.


-   Eshitishimcha, murabbiylar “SHo'rtan”ga bosh murabbiy bo'lib kelishni istashmayotgan ekan...
-   Bunisini bilmadim. Balki qaysidir murabbiy rozichilik bildirib kelishi mumkin. Klubda o'ziga yarasha muammolar bor. Balki siz hali eshitmagandirsiz, yodingizda bo'lsa siz bilan G'uzorda ko'rishib gaplashganimizda Urosh Miloslavlevich bilan bog'liq vaziyatdan keyin endi boshqa muammo bo'lmaydimi, deya gapirgandingiz. Bilasizmi, endi Igor Kriushenko bilan bog'liq navbatdagi muammo chiqdi. Kuni kecha FIFAdan bizga yana xat keldi va Krishuenko bilan uning yordamchisiga “SHo'rtan” pul to'lab berishi kerak. 2011 va 2012 yillarda o'ylanmasdan qilingan katta hajmdagi shartnomalar va o'z imkoniyati darajasidan ortiq o'ziga baho berib yuborishgani  tufayli oradan shuncha yil o'tib endi boshqa murabbiy va futbolchilarga jabr bo'lyapti.

-   Endi Kriushenkoga qancha miqdorda to'lovni amalga oshirish kerak?
-   Bu vaziyatda men sizga yolg'on gapirishni istamayman va Kriushenkodan bo'lgan qarzdorlikni aniq summasi adashmasam 95 ming dollarni tashkil etadi.

-   95 ming dollar?!
-   Ha, shunday. Bundan tashqari, o'sha paytda “SHo'rtan”da darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlagan mutaxassisga esa 26 ming dollardan ziyod pul to'lash kerak.

-   Ularni to'lash muddati qachongacha?
-   Bilasizmi, malum muddatdan keyingi muddatgacha muxlat belgilayversa va klub qarzini to'lamay yuraversa, foiz hisobida o'sha pullar ko'payib boraveradi. Natijada klubga borgan sari og'irlik tushadi.

-   Yaqinda Miloshlavlevich bilan bog'liq masalada qarzdorlik to'langanidan keyin ham FIFA “SHo'rtan”ni 2018 yili birinchi ligada qatnashish bo'yicha qaror qabul qilgani haqida eshitgandik. Bundan chiqdi, Kriushenko va uning yordamchisidan ham katta qarzdorlik bo'lsa, demak “SHo'rtan”ning kelasi yili birinchi ligaga ravona bo'lishi haqiqatga yaqin ekan-da?
-   Ha, bu haqiqatga yaqin. Rostdan FIFAdan “SHo'rtan”ning 2018 yili birinchi ligada ishtirok etishi borasida qaror chiqarilgan. Bu borada hali klub tomonidan appelyasini qabul qilishgani yo'q.

-   Nima deb o'ylaysiz, ushbu qarorni bekor qildirish mumkinmi yoki hammasi qatiymi?
-   Qarorni o'zgartirish yuzasidan beriladigan appelyasini FIFA qabul qilishi mumkin. Futbolchi va uning agenti klub tomonidan to'langan qarzdorlikni olgani sifatida sudga davoimiz yo'q deya murojaat qilishsa balki vaziyat iziga tushar. Lekin bu borada bizga FIFAdan hali to'liq javob kelgani yo'q.

-   Men Igor Krishuenko masalasini nazarda tutyapman. Agarda bunchalik katta summani klub to'lay olmasa u holda chindan ham “SHo'rtan” birinchi ligada ishtirok etadimi?
-   Yo'q, bu Kriushenkoga daxli bo'lmagan masala. Hozirgi vaziyat asosan Miloshlavlevich va uning agenti talab qilgan ish bo'yicha ketmoqda. CHunki to'rt yil davomida biz ko'rsatilgan summani to'lab bera olmagandik. Mabodo, kelasi yili birinchi ligada o'ynaydigan bo'lsak va oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritadigan bo'lsak, FIFA Krishuenko masalasida qaror chiqarib bizni yana jazolashi mumkin. Bilasizmi, Urosh va uning agenti qarzdorlikni yillar davomida to'lamaganimiz sababli FIFAga avvaliga uch ochkosini olib tashlash talabini qo'ygandi. Xabaringiz bor, shundan keyin bizdan uch ochkoni olib tashlagandi. Bu yil esa qarzdorlikni o'z vaqtida to'lamaganimiz uchun birinchi ligaga tushirib yuborish talabini qo'yishgandi. FIFA esa o'sha talabni qabul qilib qaror chiqargan.


-   Klub juda murakkab vaziyatga tushib qolibdi-da...
-   Agar bu yil “SHo'rtan” o'z natijalariga ko'ra oliy ligani tark etsa, kelasi yili birinchi ligada qatnashamiz. O'sha mahalda jamoa birinchi o'rinni egallab oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan taqdirda ham biz yana bir yil birinchi ligada qolishga majbur bo'lamiz. Yoki bu yilgi natijalarga ko'ra “SHo'rtan” elitada qolgan chog'ida ham birinchi ligaga tushirib yuborish xavfi bor.

-   Bundan chiqdi jamoaning keyingi taqdiri qanday kechishi mavhum ekan-da!
-   Ha, mavhum bo'lib turibdi. Hozircha FIFAning qarori turibdi. Tashkilot O'zbekiston futbol federaciyasiga “SHo'rtan”ni birinchi ligaga tushirib yuborish talabini qo'ygan. FIFA esa talabning qarorini bajarilishi bo'yicha ishni tekshirib ko'radi. Agarda biz o'sha qarorni bekor qildirishga erishsakkina keyin O'FF bizga nisbatan hech qanday chora ko'rmaydi.

-   Lekin bir tomonda Kriushenkoning ham masalasi turibdi-ku.
-   Ha, lekin bu yillarga cho'ziladigan masala bo'lib turibdi. Axir ularga to'lanishi kerak bo'lgan mablag' juda katta. SHu bois bunisi endi boshqa mavzu.


FIRDAVSXON   

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика