"Borussiya" Grilish uchun poygaga qo'shilishi mumkin
02 iyu 2020 17:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/578369_original.jpg)
![](/upload/storage/578369_220.jpg)
"Borussiya" Grilish uchun poygaga qo'shilishi mumkin
Dortmundning "Borussiya" jamoasi transferlar oynasida "Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish uchun kurashmoqchi.
Xabarlarga ko'ra, angliyalik futbolchiga asosiy davogar "Manchester Yunayted" bo'lib turibdi, ammo "arilar" Jekni o'zlariga og'dirishga harakat qilishadi.
Yarim himoyachi joriy mavsum jamoasi safida 35ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, futbolchiga Pep Gvardiola qo'l ostidagi "Manchester Siti" klubi ham befarq emas.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar