"Aston Villa" MYU futbolchisini ijaraga olmoqda
01 sen 2025 16:10
Yangiliklar
"Aston Villa" MYU futbolchisini ijaraga olmoqda
"Manchester Yunayted" hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sancho "Aston Villa"ga o'tadi.
Nufuzli insayder Fabricio Romanoning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berishicha, 25 yoshli angliyalik vinger Birmingem klubiga ijaraga beriladi.

Sancho "Manchester Yunayted"ga 2021 yilda "Borussiya Dortmund"dan 85 million evro evaziga o'tgandi. 2024 yilda futbolchi ijara asosida "Borussiya"ga qaytdi va o'tgan mavsumni "Chelsi"da ijarada o'tkazdi.
Jeydonning MYU bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar