“Borussiya D” sport direktori: “Tan olish kerak, endi ularga etib bo'lmaydi”
04 iyu 2020 20:50
Yangiliklar


“Borussiya D” sport direktori: “Tan olish kerak, endi ularga etib bo'lmaydi”
Dortmundliklar rehbariyati vakili Mixael Cork “Bavariya” bilan 7 ochkolik farq haqida gapirdi.
“Fikrimizcha, chempionatda barcha narsa hal qilib bo'lingan. Tan olish kerak, ayni vaziyatda “Bavariya”ga etib bo'lmaydi. Bundesligada ikkinchi o'rinni egallashni maqsad qilganmiz”, deydi Cork.
Eslatib o'tamiz, chempionat jadvalida “Bavariya” 29 uchrashuvdan keyin 67 ochko bilan peshqdamlik qilmoqda. “Borussiya D” hisobida esa 60 ochko mavjud. Kuchli uchlikni esa “RB Leypcig” (58) yakunlab turibdi. Bundesliga yakuniga 5 tur qoldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar