So’nggi yangiliklar

07:30«Реал Мадрид» — «Бавария» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  4 07:06Про лига. Бугун 7-турга старт берилади  0 06:30Чемпионлар лигаси 1/2 финал. "Реал Мадрид" - "Бавария" 2:1   0 03:20Томас Тухель: "Футбол қоидаларининг очиқчасига бузилиши"  25 03:12Томас Мюллер ҳакамнинг қарори ҳақида: "Бунақаси Мадридда тез-тез бўлиб туради. Роналдунинг офсайддан урган икки голи бунга мисол"  19 02:57Матиас Де Лигт: "Шармандалик! Қанот ҳаками менга "кечир, хато қилдим", - деди"  31 02:39Марчиняк "Бавария"нинг 103-дақиқадаги голини офсайд сабаб бекор қилди. Ўйиндан ташқари ҳолат ростдан ҳам бормиди?  50 02:12ЕЧЛ финалида "Реал" ва "Боруссия Дортмунд" тўқнаш келади!  41 02:00ЕЧЛ. Камбэклар қироли "Реал" "Бавария"ни таслим қилиб, финалга йўл олди. Хоселу – қаҳрамон!  390 01:07Жанни Инфантино: "Ўзбекистондаги Жаҳон чемпионатида юқори сифатли ўйинлар бўлишини кутяпман"  0 00:26ЕКЛ. "Фиорентина" икки ўйин натижасига кўра "Брюгге"дан устун келди ва илк финалчига айланди!  2 23:58Мбаппега Саудия Арабистонига кетишни маслаҳат беришди  4 23:36"Манчестер Юнайтед" дунёнинг энг қиммат клуби деб топилди!  9 23:00ЕЧЛ финали сари йўл. "Реал Мадрид" – "Бавария". Асосий таркиблар аниқ!  44 22:21Кроос: "Бавария"га қарши ўйинни финалдан умуман фарқи йўқ. Математика билан шуғулланиш керак эмас"  3

Bitta guruh Toshkentda, bitta guruh Qarshida. OFK Kubogi esa Jizzaxda. Nima deysiz? Yangiliklar

Bitta guruh Toshkentda, bitta guruh Qarshida. OFK Kubogi esa Jizzaxda. Nima deysiz?

SHunday qilib bugun Osiyo chempionlar Ligasining guruh bosqichiga qura tashlandi.

Dastlab guruhlarni yana bir bor eslab o'tsak. 

"A" guruhi: "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Al Rayan" (Qatar), "Istiqlol" (Tojikiston), "SHarja" (BAA) - "Al Zavra" (Iroq) g'olibi.

"B" guruhi: "Al Jazira" (BAA), "Al SHabab" (Saudiya Arabistoni), "Mumbay Siti" (Hindiston), "Eyr Fors" (Iroq).

"C" guruhi: "Fulad" (Eron), "SHabab Al Ahli" (BAA), "Ahal" (Turkmaniston), "Al Garafa" (Qatar).

"D" guruhi: "Al Duhayl" (Qatar), "Sepaxon" (Eron), "Paxtakor" (O'zbekiston), "Al Taavon" (S.Arabistoni) - "Al Jayish" (Suriya) g'olibi.

"E" guruhi: "Al Sadd" (Qatar), "Al Faysali" (Saudiya Arabistoni), "Al Vihdat" (Iordaniya), "Baniyas" (BAA) - "Nasaf" (O'zbekiston) g'olibi.

Demak, mamlakatimizning amaldagi chempioni "Paxtakor" "D" guruhidan joy oldi va 7 yoki 8 aprel kuni "Sepaxon"ga qarshi bahs bilan musobaqani boshlaydi. Umumiy hisobda OCHL guruh bosqichida jami 40ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar 4tadan 10ta guruhga bo'linadi. SHarq mintaqasida 5ta, G'arb mintaqasida ham 5ta guruh bor. 

Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir mintaqadan 5ta guruh g'oliblari va eng yaxshi 3ta ikkinchi o'rin egalari - jami 16ta klub keyingi bosqichga yo'l oladi. G'arb mintaqasida guruh o'yinlari 7-27 aprel oralig'ida bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan. Guruh bahslari o'tgan yildagi kabi markazlashgan tartibda o'tkazilishini inobatga olsak, OFK hozircha qaysi guruh qaerda o'ynashi haqida malumot bergani yo'q. 

Bu degani "Paxtakor" guruh uchrashuvlarini Toshkentda qabul qilishi mumkin, faqat buning uchun sharoitlarni to'g'rilab, OFKni ko'ndirishga to'g'ri keladi. Esingizda bo'lsa, o'tgan yil SHarq mintaqasining ikkita guruh o'yinlari Toshkentda - "Lokomotiv" va "Bunyodkor" stadionlarida o'tkazildi va tashkilotchilik borasida deyarli muammo kuzatilmadi. Har holda OFK qoniqish olgan bo'lishi kerak. 

O'tgan yilgi musobaqa SHarq mintaqasiga tegishli bo'lgani uchun muxlislarimizda u qadar qiziqish uyg'otmadi. Lekin bu yil "Paxtakor" o'z guruhini Toshkentda qabul qilsa, ishonamizki, har bir o'yin ajiotaj bo'ladi. Bunga shubha yo'q. Qolaversa, guruh bahslarini o'tkazish uchun bitta stadion ham etadi. 

Bu yil "Nasaf" ham OCHL guruh bosqichida ishtirok etishi mumkin, faqat buning uchun 15 mart kuni mehmonda BAAning "Baniyas" klubini mag'lub etishi kerak bo'ladi. Bitta o'yindan iborat bahsda "Nasaf" g'alaba qozonsa, "E" guruhidan joy oladi. SHunda guruh o'yinlarini Qarshida o'tkazish imkoni yuzaga keladi. Bu o'rinda gap yana OFKni ko'ndirishda qoladi. 

Mabodo "Nasaf" OCHL guruh bosqichiga chiqa olmasa, unda OFK Kubogining "E" guruhiga yo'l oladi va Turkmanistonning "Oltin Asr", Tojikiston klubi CSKA hamda Qirg'izistonning "Neftchi" klubi bilan o'ynaydi.

Xullas xoh OCHL, xoh OFK Kubogi bo'lsin, bizda istalgan musobaqani o'zimizda o'tkazish imkoniyati bor. Yaxshisi shunday bo'la qolsin: "Paxtakor" OCHL guruh o'yinlarini Toshkentda, "Nasaf" "Baniyas"ni mag'lub etib Qarshida o'ynasin, shunda OFK Kubogida ishtirok etadigan "So'g'diyona" raqiblarini Jizzaxda qabul qilsin.

Axir o'tgan yil OFK Kubogining Markaziy Osiyo mintaqasi guruh bosqichi Tojikistonda o'tkazildi, bu yil mezbonlik bizga berilsa, jizzaxlik muxlislar uchun bundan ortiq bayram bormi?

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика