"Al Hilol" hujumchisi Mitrovich yurak tez urishi tufayli shifoxonaga yotqizildi
10 mar 14:10
Yangiliklar


"Al Hilol" hujumchisi Mitrovich yurak tez urishi tufayli shifoxonaga yotqizildi
"Al Hilol" hujumchisi Aleksandar Mitrovich yakshanba kuni ertalab Saudiya Arabistonida kasalxonaga etkazildi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.
30 yoshli futbolchi yurak urishi tezlashgani sababli shifoxonaga yuborilgan. Qayd etilishicha, davolovchi shifokor futbolchiga hordiq chiqarishni tavsiya qilgan.
Mitrovich yaqinda tizzasidan olgan jarohatidan so'ng safga qaytgandi.
Serbiyalik forvard 2023 yilning yozidan buyon "Al Hilol" safida to'p tepmoqda. U joriy mavsum Saudiya Arabistoni jamoasi safida 25 o'yin o'tkazib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" 11 mart kuni Elit OCHL 1/8 finalida "Paxtakor"ga qarshi bahs yuritadi. Uchrashuv seshanbadan chorshanbaga o'tar kechasi 01:00 da boshlanadi. Birinchi uchrashuvda "Paxtakor" g'alabaga erishgan edi (1:0).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
никли футбол мухлисини блокдан чиқаришларингизни илтимас қилиб қоламиз.
ҳурматли СА ходимлари " *фан" никли футбол мухлисини блокдан чиқаришларингни илтимос қилиб қоламиз.