So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  3 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4

Birinchi liga. Mavsumning eng yaxshi yarim himoyachisi: SHahboz Jumaboev! Yangiliklar

Birinchi liga. Mavsumning eng yaxshi yarim himoyachisi: SHahboz Jumaboev!

Poyoniga etgan birinchi liga o'yinlarini mavsum mobaynida saytimiz orqali har bir turini onlayn tarzda yoritib borishga urindik.
Buni qanchalik amalladik, munosib bahoni o'quvchilar berishadi. Lekin har bir klub rasmiylaridan buning uchun alohida minnatdorchilik eshitib keldik.

Ortda qolgan mavsum-2014da birinchi liga uchrashuvlarini saytimizda yoritib borilishida asosiy ishni bajargan  4 nafar xodimimiz turli nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilarni aniqladi.

Xususan mavsumning “Eng yaxshi yarim himoyachisi” SHahboz Jumaboev bo'ldi. Andijonlik 22 yoshli futbolchi bu yil “UzDongJu”ning asosiy figuralaridan biri bo'ldi. Markaziy yarim himoyachi texnik jihatdan yuqori saviyadagi o'yinchi ekanligini namoyish etdi. Asosan individual tayyorgarligi evaziga raqiblarini Jumaboev o'zini ko'rsatishga erishdi. SHu bilan birga u jamoadoshlarini ortidan ergashtira oldi.

Aziz To'xtaboevning ham “Qo'qon-1912”da o'rni katta. Bu yil lekin To'xtaboev butun mavsum mobaynida to'liq o'ynadi deya olmaymiz. Bosh murabbiy Rustam Abdullaev bazida Azizni zaxirada qoldirdi.

O'z vaqtida oliy ligada chapaqay futbolchilar orasida etakchi bo'lgan Leonid Koshelev bu yil faoliyatini birinchi ligada o'tkazdi. “Bankirlar” safida ham Koshelev asosiy figuralardan biri bo'ldi deyish mumkin. Ajab emas Loenid kelasi yil yana elitaga qaytar.
   
Eng yaxshi yarim himoyachi:
SHahboz Jumaboev (“UzDongJu”) - 19
Aziz To'xtaboev (“Qo'qon-1912”) - 14
Leonid Koshelev (“NBU-Osiyo”) - 11
Solijon Xayrullaev (“G'allakor-Avtomobilchi”) - 9
Sanjar To'raqulov (“Obod”) - 6
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика