So’nggi yangiliklar

09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  1 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  4 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  5 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  1 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  7 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  1

Birinchi liga. "Dinamo" mavsumni yirik g'alaba bilan yakunladi Yangiliklar

Birinchi liga. "Dinamo" mavsumni yirik g'alaba bilan yakunladi

Teglar :  DinamoBirinchi liga
Birinchi Liga 24-tur qoldirilgan o'yinlari doirasida Uychida mahalliy Xotira-79 klubi mehmoni bo'lgan Dinamo jamoasi vodiydan yirik hisobdagi g'alaba bilan qaytdi.

Mavsumning so'nggi o'yinida ham dastlabki daqiqalardan hujumkor o'yin namoyish etgan Ilhom SHaripov shogirdlari o'yinning 12-daqiqasiga kelib hisobni ochishdi. Yarimhimoyachi Iskandar Xolmirzaevning zarbasidan so'ng to'p raqib darvozasidan joy oldi, 0:1.

Goldan ruhlangan mehmonlar ko'p o'tmay oradagi farqni ikkitaga etkazishdi. O'ng qanotdagi hujumkorligi bilan ajralib turgan yarimhimoyachi Jonibek Ko'chimov 18-daqiqada hisobni 0:2 ga etkazdi.

Ikkinchi bo'limda ham vakillarimiz o'yin tizginini o'z qo'llarida saqlab, natijani yirik ko'rinishga olib kelishdi. 73-daqiqada Xotira-79 darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik jarima zarbasidan Omadjon Tayloqov unumli foydalandi, 0:3.

Mavsumdagi so'nggi bahsda ham yirik natijali g'alabaga erishgan Dinamochilar jami 32 o'yinda 86 ta gol kiritib, 26 g'alaba bilan 82 ochko jamg'argan holda Birinchi Liga-2016 mavsumini g'olib sifatida yakunlashdi. Ushbu natija bilan Dinamo muxlislarini yana bir karra tabriklab qolamiz.

Birinchi Liga. 24-turning qoldirilgan uchrashuvi.

12 noyabr (shanba)

XOTIRA-79 - DINAMO - 0:3 (0:2)

Gollar:
Iskandar Xolmirzaev 12, Jonibek Ko'chimov 18, Omadjon Tayloqov 73 penaltidan.

Dinamo: Mixail Naumov (Rustam Toshturdiev), Aleksey Nikolaev (Laziz Nuridinov), Bunyod Isroilov, Firdavs Abdusalimov, Ubaydullo Nabiev, Iskandar Xolmirzaev (Komil SHarofutdinov), Omadjon Tayloqov, Jasur Azimov (Islom SHaripov), Jonibek Ko'chimov, Viktor Klishin, Alisher Xoliqov (Hakimxon Alamxonov).

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика