So’nggi yangiliklar

10:47Афсуски, сардоримиз ҳам мундиални ўтказиб юборади. Ўзбекистон футзал терма жамоасининг ЖЧ-2024 учун якуний рўйхати маълум  6 10:45Биринчи лигада мавсумнинг энг йирик ҳисобдаги ғалабаси қайд этилди   2 10:20Андижон" собиқ футболчиси Африка клубига ўтди   7 09:40Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  6 09:10Футзал. Абдулла Бўриев: "Ўзбекистон терма жамоаси аввалги натижасини яхшилашига умид қиламан"   2 08:40 Мундиал-2026. Рустам Ашурматов: Менда "Рубин"дан ташқари ўша вақтнинг ўзида Қатардан ҳам шартнома бор эди"   1 08:10Ўзбекистон сўнгги бор меҳмонда Қирғиз Республикасига қарши қандай натижа қайд этган?   10 07:35ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикаси меҳмони бўлади   12 01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  4 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  1 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  4 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  4 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  6 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  11

“Bir futbolchi tarixi”. “Oltin to'p” olishi kerak bo'lgan yo'qolgan yulduz – Stefan El-SHaaravi haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. “Oltin to'p” olishi kerak bo'lgan yo'qolgan yulduz – Stefan El-SHaaravi haqida

Tvitter tarmog'ini doimiy tarzda o'qib boraman.

O'zining antiqa soch turmaki bilan ko'pchilikning etiborini torta olgan El-SHaaravi o'z o'yini bilan ham muxlislar etirofiga sazovor bo'lgan edi. Fahriddin Ro'ziev aytganidek 2011 yilgi tahminlarga ko'ra oradan 10 yil o'tgach u “Oltin to'p” olish darajasidagi futbolchi bo'lib etishishi kerak edi, lekin mana bugun u umuman boshqa darajada. Xo'sh, bu qanday sodir bo'ldi? Keling, bugun futbolchi haqida so'z yuritamiz. 


Stefan El-SHaaravi – kim o'zi u?

Qahramonimiz 1992 yilning 27 oktyabr kuni Italiyaning Savona shahrida dunyoga kelgan. Uning otasi misrlik, onasi esa shvetsariyalik bo'lgan. U yoshligida Lejino akademiyasida futbolning dastlabki sir-asrorlarini o'rgana boshladi. Keyinchalik esa “Jenoa”ning yoshlar jamoasida harakat qila boshladi.  


Klublardagi faoliyati haqida

Futbolchining ilk jamoasi “Jenoa” bo'ldi. 2008 yilning 21 dekabr kuni 15 yoshlik El-SHaaravi jamoa safida debyut qildi. A Seriya doirasidagi “Kevo”ga qarshi o'yinda maydonga tushdi. Lekin keyinchalik u jamoada ko'p ham o'yinlarda ishtirok etmadi. Asosan zaxirada o'tirgan bo'lsa ham boshqa maydonga tushmadi.

2010 yilning 27 iyunida El-SHaaravi B Seriyaning “Padova” jamoasiga ijaraga berildi. 10 sentyabr kuni esa o'zining professional faoliyatidagi ilk golini “Rejina”ga qarshi o'yinda urdi. 2010/11 yilgi mavsumni B Seriyada o'tkazgan futbolchi mavsum oxirida jamoasini almashtirdi.

2011 yilning 25 iyun kuni El-SHaaravi “Milan” futbolchisiga aylandi. 18 sentyabr kuni “Milan” tarkibidagi dastlabki o'yinini o'tkazdi. “Napoli”ga qarshi bo'lib o'tgan safar uchrashuvi Stefan uchun ilk bahs edi. 21 sentyabr kuni esa “Milan” tarkibidagi ilk golini urdi. “Udineze” bilan kechgan bahsda to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. 2012 yilning 3 oktyabr kuni jamoa safida CHempionlar ligasi doirasidagi “Zenit”ga qarshi uchrashuvda ishtirok etdi va gol urdi. SHu orqali u “Milan”ning ECHLda gol urgan eng yosh futbolchisiga aylandi. 

27 oktyabr kuni u San Siroda “Jenoa” darvozasini ishg'ol qildi, biroq o'zi tarbiya topgan klubga nisbatdan hurmat tariqasida ushbu golni nishonlamadi. “Milan”ning o'sha vaqtdagi sardori Maassimo Ambrosini bilan garov o'ynagan edi El-SHaaravi. Agar 2012/13 yilgi mavsumda Stefan 7 gol ursa uning yozgi tatili to'liq Ambrosini hisobidan bo'lar edi. El-SHaaravining “Jenoa”ga urgan goli esa uning uchun o'sha mavsumdagi 7-goli edi.

2015 yilning 13 iyul kuni El-SHaaravi Fransiyaning “Monako” jamoasiga ijaraga berildi. U 28 iyul kuni CHempionlar ligasiga saralash uchrashuvida “Yang Boyz” jamoasiga qarshi debyut uchrashuvini o'tkazdi. U “Monako” safida 2016 yilning yanvar oyiga qadar harakat qildi.

2016 yilning 26 yanvar kuni El-SHaaravi “Roma” jamoasi futbolchisiga aylandi. Futbolchi Rim klubi bilan 30 iyungacha bo'lgan shartnomaga imzo chekdi. O'zining debyut o'yinini 30 yanvar kuni “Frozinone”ga qarshi o'yinda amalga oshirdi. U jamoa bilan keyingi 3 mavsumni ham birga o'tkazdi. 

2019 yilning 8 iyul kuni El-SHaaravi Xitoy Superligasining “SHanxay SHenxua” klubi futbolchiga aylandi. Transfer narxi 16 million evroni tashkil etdi. Jamoadagi ilk uchrashuvini 2 avgust kuni “Uxan Zall”ga qarshi o'tkazdi. 15 avgust kuni “Tyanczin Tyanxay”ga qarshi bahsda esa ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi.

Xitoydagi bir yarim yillik faoliyatidan so'ng esa Stefan El-SHaaravi 2021 yilning 30 yanvar kuni “Roma”ga qaytdi.


Terma jamoadagi faoliyati haqida

El-SHaaravi aslida otasi misrlik bo'lgani sabab unda Misr terma jamoasida ham o'ynash huquqi bo'lgan, lekin El-SHaaravining o'zi Italiya termasini tanlagan. Maqola avvalida El-SHaaravi haqida yozishimga sabab bo'lgan hamkasbimiz Fahriddin Ro'zievning aytishicha, aslida Misrning o'zi buni rad qilgan. Ular El-SHaaravini Italiya termasida o'ynab, yulduz bo'lishini istashgan ekan. Yana bir qiziq fakt shunday, Stevfanning otasi Venesuelada bir muddat yashagani sabab El-SHaaravi Venesuela termasida ham o'ynashi mumkin bo'lgan ekan.

El-SHaaravining Italiyadagi faoliyatiga to'xtaladigan bo'lsak, u 2009 yilgi U-17 Evropa chempionati hamda Jahon chempionatida ishtirok etgan. 2011 yili esa U-21 termasi safida ham harakat qilgan. 2012 yilning 15 avgust kuni esa u Italiya terma jamoasidagi debyut uchrashuvini Angliya terma jamoasiga qarshi o'tkazgan.


Stefan El-SHaaravi ijtimoiy tarmoqlarda

Futbolchi o'zining Instagram tarmog'iga asosan maydondagi harakatlaridan tushirilgan suratlarni joylab boradi. Suratlari orasida o'zining bolalikdagi surati ham mavjud va unga izoh sifatida “O'tmish hamisha sizning bir qismingiz hisoblanadi” deya yozib qo'yilgan.


Italiya o'zining bir iqtidorini yo'qotganini qalban his qilsa kerak. Har yili yuzlab iqtidorlar unib chiqadigan diyor shunday ketaversa Pirlo, Del Perolarni muxlislar sog'inganicha qolaveradi. Lekin aslida bu iqtidorlarni Italiya emas, o'sha futbolchilarning o'zlari o'zlarini yo'qotishgan. 


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика