So’nggi yangiliklar

09:28«Ланс» «Челси»дан марказий ҳимоячи олиб келмоқда  0 09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  0 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  0 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  1 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  0 01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  17 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1

“Bir futbolchi tarixi”. “Manchester Siti”ni so'nggi daqiqalarda chempion qilgan, Messi bilan bir klubda o'ynashni istagan, sog'ligidagi muammo tufayli futbolgan ketgan Serxio Aguero haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. “Manchester Siti”ni so'nggi daqiqalarda chempion qilgan, Messi bilan bir klubda o'ynashni istagan, sog'ligidagi muammo tufayli futbolgan ketgan Serxio Aguero haqida

Uzoq vaqtdan buyon to'xtab qolgan “Bir futbolchi tarixi” loyihasi qaytdi!

Bugun, 15 dekabr kuni argentinalik 33 yoshli futbolchi o'z faoliyatini yakunlashini elon qildi. Biz bugun futbolchining faoliyati, uning shaxsiy hayoti, Messi bilan do'stligi haqida hikoya qilamiz. 

Qisqacha biografiyasi

Serxio Aguero 1988 yil 2 iyun kuni Buenos-Ayres shahrida tug'ilgan. U 2003 yil 5 iyulda (15 yoshu 35 kunligida) Argentina chempionatida debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylandi va 1976 yildan buyon Diego Maradona tomonidan qayd etilgan avvalgi rekordni yangiladi. U o'yinlar paytida ko'pincha Kun laqabli libosida maydonga tushar edi.

U 17 yoshligida Argentinaning o'smirlar terma jamoasiga, 20 yoshida esa yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan va shu yoshlar toifasidagi ikkita jahon chempionatida g'alaba qozongan.  2008 yilgi Pekin Olimpiadasida Argentina terma jamoasi safida to'p tepib, oltin medalni qo'lga kiritgan. Aguero Braziliyaga qarshi kechgan yarim final bahsida Braziliya darvozasiga 2 ta to'p kiritgan. 2010, 2014 (kumush) va 2018 yillarda kattalar o'rtasida jahon chempionatlarida qatnashgan. U JCHlarda jami 12 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan. 2011, 2015 (kumush), 2016 (kumush), 2019 (bronza) va 2021 (oltin) yilgi Amerika kubogi musobaqalari ishtirokchisi hisoblanadi.

Aguero 2006 yilda 23 million evro evaziga "Independente"dan Evropaga, Ispaniya chempionatining "Atletiko Madrid" jamoasiga o'tdi. U o'zini dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilaridan biri sifatida ko'rsatdi. Aguero Madridda bo'lganida jamoasi bilan birgalikda UEFA Evropa ligasi va UEFA superkubogini ham qo'lga kiritdi.

Aguero 2011 yilda 35 million funt sterling evaziga Premer-liganing "Manchester Siti" klubiga o'tgan edi. Klubdagi 10 yillik faoliyati davomida u beshta liga chempionligini qo'lga kiritdi, shu jumladan, debyut mavsumining so'nggi o'yinida oxirgi daqiqada raqib darvozasiga gol urib, Premer-liga chempionligini qo'lga kiritdi. Aguero Premer-liganing "Oltin butsa"sini qo'lga kiritdi, PFA uni ikki marta yilning eng yaxshi jamoasiga kiritdi. U, shuningdek, oltita Liga kubogi, bir bor Angliya kubogi sohibi bo'lib, klubning ilk UEFA CHempionlar Ligasi finaliga chiqdi. 2021 yilda “Barselona”ga erkin agent sifatida qo'shildi.

Agueroning avariyalarga uchrashi

2017 yili Serxio Aguero Niderlandiyada ro'y bergan yo'l-transport hodisasi natijasida jarohat oldi. "Goal" internet nashrining Argentinadagi manbalarga asosan xabar berishicha, forvard Amsterdamga kolumbiyalik qo'shiqchi Malumaning koncertida ishtirok etish uchun yo'l olgan. Musiqachining dasturidan so'ng u aeroportga borish uchun o'tirgan taksi ustunga kelib urilgan. Xabar qilinishicha, o'yinchi xavfsizlik kamarlaridan foydalangan, biroq baribir qovurg'alarini shikastlab olgan.

“Men shifoxonaga borishim bilan shifokordan shanba kuni “Manchester Siti” safida maydonga tusha olamanmi yoki yo'qligini so'radim. U yo'q, deb javo berdi. Keyingi haftada terma jamoa o'yinidagi ishtirokim ham so'roq ostida edi. Keyinchalik men bu haqda yana bir bor o'yladim. Xudoga shukrki, taksidaligimda kamarim taqilgan edi”, – degan edi Aguero o'zi bilan sodir bo'lgan YTH haqida.

Serxio Aguero 2019 yilning 16 oktyabrida ham avtofalokatga yo'liqdi. Agu 80 ming funt turadigan "Range Rover" rusumli avtomobilida baxtsiz hodisaga uchradi. O'shanda "shaharliklar"  hujumchiga shikast etmaganini tasdiqlashgan edi.

Messi bilan bir klub safida o'ynash istagi va ular o'rtasidagi do'stlik

Serxio Aguero hamisha Lionel Messi bilan bir jamoa sharafini himoya qilishni xohlagan. Uning “Barselona”ga o'tishining asosiy sabablaridan biri ham aynan Messi bilan birga o'ynash edi. Biroq bu narsa amalga oshmadi. SHunday bo'lsa-da, Serxio hamyurti haqida doimo iliq gaplarni aytib kelgan.

Serxio Aguero 2018 yili nega dunyoda “Barselona” forvardi Lionel Messiga teng keladigani yo'qligini tushuntirib bergan edi. 

"Messi haqida nima deyishim mumkin? Leo to'pga uch marta tegib, uchta gol urishi mumkin. SHu sababli u boshqalardan farq qiladi va jahonning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi", – degan edi Aguero.

2018 yilning may oyida jurnalistlardan biri Aguerodan Argentina terma jamoasidan tashqari Messi bilan bir jamoada o'ynashni tasavvur eta olishi yoki yo'qligi haqida so'raganida, Aguero quyidagicha javob bergan: 

“O'ylashimcha, bu haqiqatdan yiroq. Avval bunday imkoniyatlar bo'lgan edi. Hozir esa biz Leo “Barselona”da, men esa “Manchester Siti”da qoladigan yoshdamiz”.

Ularning do'stligi haqidagi hikoya 2005 yilda boshlangan — o'shanda ular birgalikda terma jamoa yig'inida uchrashgan va Aguero Messini tanimagan. SHu paytgacha ularning har ikkalasi bir-birini televizorda ko'rib kelgan, lekin uchrashgan vaqtida buni eslay olmagan. Aguero “Barselona” o'ynaydigan bola haqida nimadir eshitgandi, Messi esa 15 yoshli Serxioning “Independente”dagi debyutini kuzatgan.

Yigitchalarning do'stligi Niderlandiyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatida mustahkamlanadi, ular bir xonaga joylashtiriladi.

Lionel Messi Instagram`dagi sahifasi orqali futbolchilik faoliyatini yakunlagan Serxio Aguero haqida post elon qildi:

“Kun, deyarli butun faoliyating davomida birga bo'ldik... Bizning ajoyib va unchalik muvaffaqiyatli bo'lmagan lahzalarimiz bo'ldi. Ammo bu onlar bizni birlashtirdi va do'stga aylantirdi. Maydon tashqarisida ushbu xotiralar bilan yashashda davom etamiz. Amerika kubogida qo'lga kiritilgan g'oliblik, Angliyada qo'lga kiritilgan yutuqlaring... O'zing yaxshi ko'rgan ishni yakunlashga majbur bo'lganingni ko'rish og'ir bo'ldi. Albatta, sen baxtli bo'lib qolasan. Seni yaxshi ko'radigan insonlar bundan keyin ham sen bilan birga bo'lishadi. Endi hayotingda yangi bosqich boshlanadi. Ishonchim komil, sen tabassum bilan oldinga intilasan.

Hayotingning yangi bosqichida senga muvaffaqiyatlar tilayman. Seni yaxshi ko'raman, qadrdon do'stim. Maydonda seni sog'inaman, terma jamoada o'tkazgan vaqtlarimizni sog'inaman.

Agueroning uy va mashinalari, xobbilari

Serxio “Barselona”ga o'tguniga qadar Manchesterdan unchalik uzoq bo'lmagan CHeshir grafligida joylashgan Olderli Ejda yashar edi. Ushbu hududda Manchester shahrining har ikki klubidagi ko'plab futbolchilar istiqomat qilishadi.

SHuningdek, Kun Agueroning Mayamida ham qiymati 9 million evroga teng bo'lgan hashamatli uyi bor. Kunning ushbu imoratida beshta yotoqxona, bir nechta mehmonxona va oshxona mavjud. Bundan tashqari, uy sohil bo'yida joylashganligi bilan alohida ahamiyatga ega.

Turli manbalarga ko'ra, Agueroning garajidan Lamborghini Aventador (500 ming evro), Range Rover (100 ming evro), Audi K8 (125 ming evro) va Nissan GTR (150 ming evro) kabi avtoulovlar o'rin olgan.

Aguero futbol o'yinlari va mashg'ulotlardan bo'sh vaqtlarida o'g'li bilan vaqt o'tkazishni, filmlar tomosha qilishni va suv sporti bilan bog'liq bo'lgan barcha narsani yaxshi ko'radi. U bo'sh vaqt topdi deguncha, yaxtalar va gidrocikl tomon oshiqadi. Bundan tashqari, baliq ovlash uning eng xush ko'rgan xobbilaridan biri sanaladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика