Berluskoni: “Avvaliga A Seriyani, keyin esa CHempionlar Ligasini yutmoqchimiz”
30 may 2022 07:50
Yangiliklar


Berluskoni: “Avvaliga A Seriyani, keyin esa CHempionlar Ligasini yutmoqchimiz”
“Monca” o'z tarixida ilk bor A Seriya yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Klub prezidenti Silvio Berluskoni oldiga qo'ygan maqsadlari haqida gapirdi.
“Monca” tarix yozdi. Maqsadlarimiz? Endi A Seriyada, keyin esa CHempionlar Ligasida g'olib bo'lishni xohlayman. Hayotda g'alaba qozonishga o'rganib qolganman, nima bo'lishini kuzatamiz”, deydi “Milan” sobiq rahbari.
Eslatib o'tamiz, “Monca” o'tish bahsida “Piza”ni 2 o'yin natijasiga ko'ra, 6:4 hisobida taslim etishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar