Sisse "Real" va hakamlar tanqidi haqida: "Ular "Barsa"dan qo'rqishadi va o'zlarini oqlash uchun bahona qidirishadi. Bu mag'lubiyat uchun taktikadir"
27 apr 00:16
Yangiliklar


Sisse "Real" va hakamlar tanqidi haqida: "Ular "Barsa"dan qo'rqishadi va o'zlarini oqlash uchun bahona qidirishadi. Bu mag'lubiyat uchun taktikadir"
Jibril Sissening fikricha, "Real" mag'lubiyatni oqlash uchun hakamlarni tanqid qilmoqda.
Bugun Sevilyada "Real" va "Barselona" o'rtasida Ispaniya kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Avvalroq, "qaymoqranglilar" klubi televideniyasi Rikardo de Burgos Bengoechening "Barsa"ga qarshi o'yinga tayinlanganini tanqid qilib, hakamning "Real" raqiblari foydasiga bir qator xatolarga yo'l qo'yganini ko'rsatgan videoni elon qilgandi.
"Menimcha, bu mag'lubiyat holatidagi taktika. Ular og'ir mag'lubiyatdan, ehtimol, yirik mag'lubiyatdan qo'rqishadi.
Ular o'zlariga bahona qidirishmoqda", - dedi "Liverpul" sobiq hujumchisi Jibril Sisse.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar