So’nggi yangiliklar

18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  0 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  2 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  8 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  13 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0

Hakim Fuzaylov: "VAR tizimi kechikayotgani tufayli, taxminan iyun oylarida Urganchga qaytamiz" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "VAR tizimi kechikayotgani tufayli, taxminan iyun oylarida Urganchga qaytamiz"

Superliga 7-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Xorazm" (1:0) bahsi yakunlanganidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Qiziqarli o'yin bo'ldi, ammo afsuski, biz mag'lub bo'ldik. Biz ko'proq to'pga egalik qildik va vaziyatlarga ega bo'ldik, biroq raqib qarshi hujumga o'tayotgan edi. Raqibimizni g'alaba bilan tabriklayman. Biz esa alamli mag'lubiyatga uchradik. Yigitlarga hech qanday etirozim yo'q, faqatgina realizaciya va so'nggi paslarda oqsadik", - dedi Xakim Fuzaylov bahs yakunlangach.


- O'zgartirishlar qilishga kechikmadingizmi? Ikkinchi bo'limda qo'shimcha hujumchini maydonga tushirsangiz bo'lmasmidi?

- Jamoa birinchi bo'limda ham ayni o'ynayotgan edi. Futbolchilarning jismoniy holatiga ko'ra poziciya bo'yicha o'zgarishlar qildik. Biz faqatgina hujumlarni yakunlay olmadik, xolos. Biz "Qo'qon-1912"dan yaxshiroq o'ynadik, ular himoyaga tayanib qolishgandi. Futbolda bunday o'yinlar uchrab turadi.



- "Xorazm" eng so'nggi pallada Superligada ishtirok etishini bilib oldi. Siz bosh murabbiy sifatida etarlicha futbolchilarni jamoaga taklif eta oldingizmi?

- Bosh murrabiyga har doim futbolchilar etishmaydi. Biz Superligada o'ynashimizdan juda kech xabar topdik. Lekin shunga qaramay, biz munosib o'yin namoyish etmoqdamiz, biroq ochkolar yo'qotayotganimiz yaxshi emas. Шunday o'ynashda davom etsak va vaziyatlardan yaxshiroq foydalana boshlasak, anchagina raqobatbardosh jamoa bo'lamiz.

- "Xorazm" o'z maydoniga qachon qaytadi?

- Mendagi malumotlarga ko'ra, maydon tayyor bo'lgan. VAR tizimi kechikayotgani tufayli, taxminan iyun oylarida Urganchga qaytamiz. Muxlislarimiz katta futbolni sog'inib qolishdi.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика