So’nggi yangiliklar

12:21Тебас Хаби Алонсони қўллаб-қувватлади: "Реал" қийинчиликлардан чиқишни билади"  1 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўйинлари ўзбек шарҳида, “Барса” ва бошқалар  0 11:24"Галатасарой" Рюдигерни қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Реал"нинг 32 ёшли ҳимоячиси таклифларга очиқ  3 10:45Массимилиано Аллегри А Серияда ой мураббийи деб топилди  0 10:17"Бунёдкор" сардори жамоани тарк этди  3 09:50МЮ сардорига нарх қўйди  2 09:22"Реал Мадрид" Франциядан 20 ёшли футболчини сотиб олмоқчи  4 08:55Аморим "Борнмут"га қарши ўйин олдидан "Манчестер Юнайтед" футболчиларининг жароҳатлари ҳақида гапирди  0 08:28Трансфермаркт Ла лигада энг кўп нархи ошган футболчилар рейтингини тузди  1 08:00Роналду дунёнинг машҳур фильмида рол ўйнайди  10 07:31"Нефтчи"нинг асосий футболчиларидан бирига ОКМК ва "Андижон"дан қизиқиш бор  6 01:50Лэмпард кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди  0 01:24АПЛ топ-клублари "Лейпциг" вингерига қизиқмоқда  0 00:50Давид Сильва Гвардиоланинг ягона камчилигини айтди  3 00:16Оскар футболчилик фаолиятини якунлади  6

Aybek Nurbaev: "Taqvim zich, 7 kundan buyon safardamiz" Yangiliklar

Aybek Nurbaev: "Taqvim zich, 7 kundan buyon safardamiz"

Pro-liganing 4-turidan o'rin olgan "FarDU" - "Jayxun" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aybek Nurbaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi navbatda "FarDU" jamoasini Pro-ligadagi birinchi g'alabasi bilan tabriklayman. Meni yoddan chiqarmagan farg'onalik muxlislarga raxmat aytaman, hozir ham "Neftchi"ga muxlislik qilaman. O'yinga keladigan bo'lsak, biz 7 kundan buyon safardamiz. Taqvim zich, biz tayyorgarlik va tiklanishga to'liq ulgurmadik. O'yinni ko'rdingiz, bitta gol g'alabani hal qildi. Jamoamiz asosan 18-19 yoshli futbolchilardan iborat. Ular Pro-ligada debyut mavsumini o'tkazishayapti. Biz bu yigitlarni "Aral"ga va turli yoshdagi terma jamoalarimizga etkazib berishni maqsad qilganmiz. Yana bir bor "FarDU" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

- "Xorazm" bilan o'yindan so'ng tarkibda qanday rotaciyalarni amalga oshirdingiz?

- Asosiy etiborni "FarDU" bilan o'yinga qaratgandik. "Lokomotiv" bilan o'yindan so'ng qisqa fursatda "Xorazm" bilan o'ynadik, bu uchrashuvda asosan o'yin amaliyoti kam futbolchilarga imkoniyat berdik. Aytib o'tganimdek, zich taqvim, shundan kelib chiqib harakat qildik. Yigitlarga raxmat, ular har bir o'yinda borlarini berishayapti.

- O'yin davomida yuzaga kelayotgan vaziyatlar haqida fikringiz?

- Tarkibimiz asosan yosh futbolchilardan iborat, bu haqida aytib o'tdim. Bazan tajriba ham etishmagan vaziyatlar bo'ladi. Standart vaziyatlarda qiyinchiliklarga duch kelayapmiz. Ishlashda davom etamiz, yosh futbolchilar o'yindan-o'yinga o'sib, tajriba to'plab boraverishadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика