So’nggi yangiliklar

09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  3 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  1 08:04"Байер"дан хайдаланган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  4 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  7 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  5 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  3 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  22 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  14 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  15 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  45 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  3 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  15

Bahrom Haydarov: "Bizga natija chiroyli o'yindan ko'ra muhimroq edi” Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Bizga natija chiroyli o'yindan ko'ra muhimroq edi”

Superliga 7-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Xorazm" (1:0) bahs yakunlanganidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Avvalgi uchrashuvlarda "Xorazm" to'pni juda yaxshi nazorat qila olishini ko'rsatgan edi. Jamoada juda mahoratli futbolchilar yig'ilgan. Bunday raqibga qarshi qiyin uchrashuv bo'lishi aniq edi. Шu sababli, biz ko'proq qarshi hujumlarga asoslangan o'yin rejasini tanlagan edik. Raqib xatosidan foydalanib, gol ura oldik. Raqib esa o'z vaziyatlaridan foydalana olmadi. Bugun bizga natija chiroyli o'yindan ko'ra muhimroq edi", - deya fikr bildirdi Bahrom Haydarov bugungi uchrashuv haqida.


- Tanaffusda futbolchilarga nimalar dedingiz? Sababi jamoangiz ikkinchi bo'limni juda yaxshi boshladi...

- Biz hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng, raqibimiz yanada ko'proq kuch bilan hujumga o'ta boshladi. Biz esa yigitlarga yuqoriroq poziciyalarda raqibni kutib olishimiz kerakligini aytdim. Ayrim bir vaziyatlarda rejalarimiz ish berdi, ammo jamoamiz hali yosh. Tarkibimizda Superligada endigina debyut qilayotgan futbolchilar bor. Hattoki Шota Superligada endi debyut qildi. Beshimov va Kondratyuk kabi futbolchilarga biroz ishonch etishmayapti, ammo ularning mehnati mana shunday natijalarga erishyapmiz. 

- Bugun Шota Gazava yana maydonga qaytdi. Gazavaning bugungi o'yini haqida fikr bildirib o'tsangiz...

- Шota bugun jamoaga ancha foyda keltirdi. Tayanch yarim himoyachi poziciyasida etishmovchilik bor edi, ammo u hali jismoniy jihatdan to'liq tayyor emas edi.



- Ikkinchi bo'limda Шahzod Beshimov biroz yolg'izlanib qolgandek. Uning yoniga yana bir hujumkor futbolchini maydonga tushirsangiz bo'lmasmidi? 

- Biz Egor Kondratyukni zaxiraga olmoqchi edik. Sababi, u biroz charchab qoldi va o'zi ham shuni aytdi. Egor bugungi o'yinga biroz tayyor emas edi. Raqib havo orqali o'ynashni boshlagani sababli Jasur Yoqubovni maydonga tushirishga majbur bo'ldik. 

- Iqbol Malikjonov uchta o'yinga chetlatildi. Sizning fikringizcha futbolchiga juda ham qattiq jazo qo'llanilmadimi?

-  Malikjonov Bizning futbolchimiz bo'lgani tufayli engilroq jazo kutgan edik, albatta. Biroq so'nggi ikkita chetlatishda o'zimizning aybimiz bor. Шu sababli hech qanday etiroz bildira olmaymmz. 

- Jamoangiz qizil kartochkalar bo'yicha etakchi bo'lib turibdi. Futbolchilarga imkon qadar qizil kartochkadan qochish kerakligini aytganmisiz?

- Futbolda kichik detallar ham katta rol o'ynaydi. Biz har bir epizodlarga tayyorgarlik ko'rganmiz. Har bir majlisimizda ushbu haqda gaplashganmiz. “Surxon”ga qarshi kechgan o'yindan oldingi nazariy mashg'ulotda faqatgina kartochkalar mavzusini ko'targan edik. Futbolchilarimiz hali yosh va raqib provokaciyasiga uchishi mumkin. G'ofurovdan tashqari qolgan barcha chetlatishlar ataylab qilinmagan edi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика