Belerin: "Men "Arsenal" sardori bo'la olaman"
20 mar 2020 17:57
Yangiliklar


Belerin: "Men "Arsenal" sardori bo'la olaman"
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin doimiy jarohatlarga qaramay jamoa sardorligi uchun tayyorligini aytdi.
"Barselona"ning yoshlar jamoasida o'ynaganimdan beri har doim uch sardorning biri bo'lib kelganman. Bu men uchun odatiy bo'lib qolgan.
Menga javobgarlik va bunday vaziyatlarda birinchi bo'lish yoqadi. Arteta bilan bir necha oy davomida gaplashdim va u menga sardor bo'lishim mumkinligini aytdi.
Men xursandman, chunki bu erda anchadan beri faoliyat yuritayotganlardan biriman va klubning qanday ishlashini bilaman", - deydi Belerin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar