So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   8 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  11 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  13 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  11 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   12 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

Belarus. "Energetik-BGU" so'nggi daqiqada g'alabani qo'lga kiritdi Yangiliklar

Belarus. "Energetik-BGU" so'nggi daqiqada g'alabani qo'lga kiritdi

Belarus Oliy ligasining 10-turi doirasida “Energetik-BGU” safarda “Isloch”ga qarshi to'qnash keldi.

Isloch – Energetik-BGU 1:2

20.30, «Traktor»

Gol: Yaxshiboev (13-pen, 0:1), Bitok (27-pen, 1:1), Yudchic (90+2, 1:2)

Isloch – Xatkevich, Karpovich, Koncevoy, Papush, Stiven, Melnik, Cveyba, Patockiy, Yanushkevich, Yansane, Xolodinskiy (Nekrashevich, 82)

Energetik-BGU – Lesko, Mavatu, Yudchic, Miroshnikov, Svirepa, Bakich (Atemeng, 71), Nosko, Yaxshiboev, Umarov (Girs, 78), SHkurdyuk, Musaxanyan (Sovpel, 46).

Ogohlantirish: Yaxshiboev (59), Cveyba (69), Xolodinskiy (81), Svirepa (90).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!!! "Energetik-BGU" g'alabali seriyasini davom ettirmoqda!!! Jamoa ushbu mavsumdagi ettinchi g'alabasini o'z hisobiga qo'shib qo'yib, turnir jadvalidagi 2-pog'onani saqlab qoldi.

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!!! YUDCHICCCCCCCCCC!!!! Uning kuchli va aniq zarbasini raqib posboni qaytara olmadi, u shunchaki vaziyatni qarab qoldi!!! 1:2!

90. O'yin yakunlanish arafasida "Isloch" vakillarida standart vaziyat. Bu pallada o'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. "Energetik-BGU"ning uzoq vaqt davom etgan hujumi Girsning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

83. ZARBAAAAAAAA!!!! Girsning superpasidan keyin Nosko raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib borib, 5 metrdan noaniq zarba yo'lladi...

82. ZARBAAAAAAAA!!!! Melnikning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Lesko ushlab oldi.

81. Yurak bir tovonga tushdi. Xolodinskiy BGU jarima maydonchasida yiqilganida bosh hakam xushtagini chaldi. SHarhlovchilar esa penalti deb baqirib yuborishdi. Ammo Xolodinskiy simulyaciya uchun sariq kartochka ishlab oldi va almashtirildi.

80. Yaxshiboev jarimadan to'pni darvoza yoniga uzatgandi. Zarba kuchlilik qildi va to'p maydondan tashqariga chiqib ketdi.

78. Umarov o'yindan olindi. Uning o'rniga Girs maydonga tushdi.

77. UXXXXXXX!!!! Atemeng o'o'ng qanotdan hujumga o'tib ketdi va xavodan to'pni Yaxshiboevga oshirdi. Jasur bir harakati bilan ikki raqibini aldab o'tdi va zarba berishga kelganida uchinchi himoyachi ham paydo bo'ldi va to'pni qaytarib yubordi.

75. Lisovski burchakdan to'pni o'yinga kiritgandi. BGU futbolchilari to'pni osonlik bilan qaytarishdi

71. Umarovning zarbasi noaniq ketdi.

69. Yaxshiboev o'ng qanotda to'pni qabul qilib oldi, uni raqibi ushlab qoldi. Jasur o'yinni davom ettirganida vaziyat yanada xavfliroq ko'rinish olardi. Biroq u to'xtab qoldi va raqibiga sariq kartochka berildi.

66. Karpovichning burchakdan uzatgan to'pi xavfli ko'rinish oldi. To'pga Yansane sakragandi. Ammo darvozabon to'pga peshvoz chiqdi.

63. Umarovning chiroyli pasidan keyin Yudchic o'ng qanotdan hujumga o'tib ketdi. Uning darvoza yoniga uzatgan pasini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

59. "Isloch"dan tezkor qarshi hujum. 3ga 2 holati yuzaga kelgandi. Karlovich to'pni Yansanega oshirgandi. Ammo himoyachilar vaziyatni bartaraf etishdi. Bu pallada ko'p gapirgani uchun Yaxshiboev ogohlantirish ishlab oldi.

57. Hakamlar xatolikka yo'l qo'yishdi. Nosko to'pni maydonda saqlab qolgandi. Hujum o'tkirlashayotgandi. Biroq hakamlar to'pni chiqib ketgan deb hisoblashdi.

55. ZARBAAAAAAA!!! Yansanening yaqin masofadan bergan zarbasini Lesko qaytardi.

54. EXXXXX!!!! Yaxshiboevning to'p uzatishidan keyin Xatkevich to'pga chiqishda xatolikka yo'l qo'ydi, natijada Nosko to'pni boshi bilan SHkurdyukka uzatib berdi. Artyom bir metrdan aniq zarba yo'llay olmadi.

52. Yansane BGU jarima maydonchasi ichida to'p bilan paydo bo'ldi va posbon bilan birga bir holatga chiqib ketishi mumkin edi. Ammo Nosko vaziyatni bartaraf etdi.

51. ZARBAAAAAAAAAA!!!! Papushning jarimadan yo'llagan zarbasini Lesko qiyinchilik bilan qaytardi!

50. Nosko o'z jarima maydonchasi yaqinida qoidani buzdi. Mezbonlarda qulay imkoniyat!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

1-bo'lim yakunlandi. Hozircha o'yinda ham hisobda ham tenglik.

45+1. BGU hujumga o'tgandi. Mavatu offsayd holatida qolib ketdi.

45. Biroz zerikarli o'tgan o'yinning 1-bo'limiga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

42. Jamoalar shoshilishmayapti. Ular birinchi bo'lim tezroq tugashiga qarshi emas...

39. "Isloch" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Lekin Yansanening qanotdan havolatib uzatgan pasini BGU posboni ushlab oldi.

35. Xavfli zarbaaaaaa!!! Mavatuning qanotdan uzatgan pasiga Bakich boshi bilan zarba yo'lladi, to'p darvozaning ustidan o'tib ketdi.

33. Markazda Musaxanyanni yiqitishdi. Umuman olganda so'nggi daqiqalarda BGU vakillarida kichik ustunlik bor. Biroq bu territorial ustunlikdan foyda bo'lmayapti.

30. Umarovning uzatgan ajoyib pasiga Nosko boshi bilan zarba bergandi. Xatkevich to'pni osonlik bilan ushlab oldi.

27. GOL! Bitokning tepgan to'pi yo'nalishini posbon topdi, biroq qaytara olmadi. Hisob tenglashdi.

26. Penalti! Bitok yiqitildi... Yudchic qoidani buzdi. Hakam penalti belgilashda ikkilangani ham yo'q...

23. Yaxshiboev yana ajoyib vaziyatni ko'kka chiqardi. Raqib xatosidan keyin to'pni egallab olgan Jasur darvozabon bilan birga bir holatga chiqib bordi, biroq alday olmadi. Natijada to'p yo'qotildi. O'tgan o'yinda ham Jasur shu kabi vaziyatga ega bo'lgandi, biroq o'shanda uning zarbasini posbon qaytargandi.

21. Yudchic ajoyib texnikasi bilan raqib darvozasi yonigacha etib kelgandi. Biroq so'nggi pasda u adashdi. Yaxshiboev esa burchakdan darvozani nishonga olib ko'rdi.

19. BGU raqibini qamal holatiga olgan. Garchi mehmon bo'lishiga qaramasdan stadionda o'z uyidagidek o'ynamoqda jamoa.

16. O'yinning umumiy kartinasiga qarasak, ayni damda Umarov jamoaning asosiy figurasi bo'lib turibdi. Barcha hujumlar u orqali tashkil qilinmoqda. BGU himoyada xatolikka yo'l qo'ymayapti.

13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! YAXSHIBOEV HISOBNI OCHDI!!! 0:1!!

12. PENALTIIIIIIIII!!!! Bakichni yiqitishdi!!! Yaxshiboev to'p oldida!

10. O'yin markazga ko'chdi. Hozircha "Energetik-BGU" hujumga o'tishga shaylanmoqda.

8. ZARBAAAAAAAAAA! Bitokning bu safargi zarbasi darvozaning ustunini titratdi. To'p erga tushib, maydonga qaytdi. O'yin qizg'in tus olmoqda!

6. Burchakdan uzatilgan to'pga baland bo'yli Yanushkevich boshi bilan zarba yo'llagandi. Ammo to'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi.

5. Endi esa mehmon jamoa vakillaridan hujum. Bunisi xavfliroq bo'ldi. Umarovning o'ng qanotdan havolatib uzatgan pasiga raqib posboni qo'lining uchi bilan tegdi. Yaxshiboev esa to'pni to'xtatishda xatolikka yo'l qo'ydi va to'p maydondan tashqariga chiqib ketdi. 

3. O'yindagi ilk hujumga o'xshash hujum mezbonlar tomonidan tashkil qilindi. Bitokning BGU darvozasi yonida kesib uzatgan pasini Nosko qaytardi. Aks holda to'p oq kiyimli futbolchiga borib tushardi va bo'sh qolgan darvoza ishg'ol qilinardi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Ayni damda Belarus chempionati madhiyasi yangramoqda.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. 

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика