So’nggi yangiliklar

12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  0 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  1 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  1 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  3 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  7 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10

Baxtiyor Ashurmatov: "Futbolchilar ko'rsatmalarimni ikkinchi bo'limda to'liq bajarishdi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Futbolchilar ko'rsatmalarimni ikkinchi bo'limda to'liq bajarishdi"

O'zbekiston Coca Cola kubogi 1/8 final doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Surxon” uchrashuvidan keiyngi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Qo'qon-1912" jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.

“Surxon” jamoasi bugun asosan, ikkinchi tarkib futbolchilari bilan maydonga tushdi. Ularda ishtiyoq kuchli edi. Birinchi bo'lim davomida bu narsa yaqqol ko'rindi. Ular birinchi bo'limda bizga etarlicha qarshilik ko'rsatishdi. Bundan tashqari, futbolchilarimiz yosh futbolchilarni bemalol yutamiz deb o'ylashdi shekilli. Qolaversa, Termizliklar qarshi hujumlarda yaxshi harakat qilishdi. Tanaffusda yigitlarga takidlab o'tdik. 45 minut tezda o'tib ketadi. Tezroq harakat qilmasak , bunday o'yin bilan gol ura olmasligimizni tushuntirdim. Futbolchilar ko'rsatmalarimni ikkinchi bo'limda to'liq bajarishdi. Vaziyatlar yaratish, ishtiyoq borasida harakatlarimiz ancha o'zgardi.  Ikkinchi bo'limda o'yinimiz kuchadi va kerakli bo'lgan g'alabaga erishdi. Endi keyingi raqibimizni kutamiz. “Surxon”ni esa bugungi uchrashuvdagi o'yinlari uchun minnatdorchilik bildiraman va ularga kelgusida omad tilayman. 

Kuchli jamoaga qarshi futbolchilarni  tayyorlash biroz osonroq bo'ladi. Sababi futbolchilarni o'zi kuchli raqibga qarshi o'zlarini yaxshi tayyorlaydi.  Kuchsizroq jamaoaga qarshi tayyorlash qiyinroq kechadi. O'ylaymanki, keyingi bosqichda kuchsiz jamoa bo'lmaydi va ishtiyoq jihatdan futbolchilarimizda muammo bo'lmaydi. 

Bizda mavsumni oxiriga kelib yosh futbolchilarni maydonga tushirishga majbur bo'ldik. Ayni damga kelib tarkibimizda muammolar yuzaga keldi. Bek Abdullaev va Jasur Yoqubovlar mavsum davomida o'rinbosarlarimiz  tarkibida yaxshi o'yinlarni namoyish qilishdi. Mashg'ulotlarda astoydil ishlashdi. Bugun ularga imkoniyat berdik. Bek Abdullaevni bugun biroz issig'i ham bo'lgan ekan. Maydonga tushishga ishtiyoqi kuchliligidan buni bizga bildirmagan. Ikkinchi taymda Sardor Etovqo'ziev, Muxsin Normatovlarni ham maydonga tushirdik. Ular ham yomon o'ynashmadi. Ayniqsa Etovqo'zievning harakatlari bizga manzur bo'ldi. Bu futbolchilarga qancha ko'p imkoniyat bersak, shuncha yaxshi bo'ladi.

Keyingi bosqichda qaysi raqib tushishini farqi yo'q. Sababi qura  istagan raqibni bizga to'g'rilab qo'yishi mumkin. Ayni paytda "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari barchadan o'yin bo'yicha kuchli deb o'ylayman. Lekin kubok bahslari bir o'yindan iborat ekanligini xisobga olsak har qanday raqib bilan ham bemalol o'ynash mumkin", - deydi Ashurmatov.





Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика