"Bavariya" "Real" futbolchisi uchun kurashadi
16 iyu 2020 22:11
Yangiliklar


"Bavariya" "Real" futbolchisi uchun kurashadi
Myunxenning "Bavariya" klubi "Real" himoyachisi Ashraf Hakimi uchun kurash olib boradi.
Ayni paytda Dortmundning "Borussiya"sida (ijara asosida) o'ynayotgan futbolchi mavsum yakunlangach Madridga qaytadi. Hakimi "Real" tarkibiga qo'shilib, Zinedin Zidan jamoasining asosiy tarkibiga kira olish imkoniyatlarini chamalab ko'rgach kelajagi borasida yakuniy qarorga keladi. 21 yoshli futbolchining oldida bir nechta jozibali takliflar bor.
AS xabariga ko'ra, marokashlik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirayotgan "Bavariya" unga 6-7 million evro atrofida yillik maosh taklif qilmoqchi. Bu taklif Hakimini qiziqtirib qo'yishi kutilmoqda, chunki himoyachi hech qachon bu miqdorda ish haqi olmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar