"Qayrat" bosh murabbiyi "Real"dan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi
01 okt 09:52
Yangiliklar


"Qayrat" bosh murabbiyi "Real"dan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi
"Qayrat" bosh murabbiyi Rafael Urazbaxtin "Real Madrid"dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.
"Bugungi o'yin haqida nima ham derdim. Bugun ikki xil darajadagi jamaolar o'yini bo'ldi. Buni tan olish kerak. Bugungi o'yin orqali juda katta tajribaga ega bo'ldik. Har qanday jamoaga mag'lub bo'lish juda alamli. Biz harakat qildik, vaziyatlar yaratdik, bir nechta yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik - mana bu bizning bor darajamiz.
Menimcha, bugun bitta gol urishga haqli edik. Biroq bunga erisha olmadik. Yigitlarga minnatdorchilik bildirdim. Shuningdek, bugun stadionni to'ldirib turgan muxlislarga ham rahmat aytaman", - dedi Rafael Urazbaxtin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar