So’nggi yangiliklar

11:55Постекоглу футболга қайтди. Унинг шов-шувли истеъфодан кейинги илк лавозими маълум  0 11:27Винисиус: "Биз доим бир-биримизни қўллаб-қувватлаймиз"  0 10:43"Барселона"нинг асосий футболчиларидан бири жиддий жароҳатдан қутулиб қолди  4 10:14Фрэнк Лэмпард АПЛ жамоасини бошқариш учун асосий номзод  1 09:45Бэйл Алонсо ҳақида:"Реал Мадрид"да агар натижа бўлмаса ёки бор натижалар ҳам руҳлантирмаса, кетишга мажбурсиз"  3 09:17Ҳанси Флик кечаги қийин ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 08:43Икром Алибоев: "Терма жамоа либосини кийиш ҳар доим шараф"  4 08:15EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  16 07:51Анчелотти ёзда Европага қайтиши мумкин  3 03:00ЕЧЛ. "Ливерпуль" "Марсел"ни мағлубиятга учратди. "Ювентус" "Бенфика"дан устун келди ва бошқа натижалар  10 03:00ЕЧЛ. ​"Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди  57 00:50ЕЧЛ. "Галатасарой" ва "Атлетико" дуранг қайд этишди. "Қорабоғ" эса "Айнтрахт" устидан иродали ғалабага эришди  7 00:45Саудия Арабистони. "Ал Насср" сафарда "Дамак" устидан ғалаба қозонди. Роналду 960-голни урди!  3 23:58Янги ташкил этилган "Ғазалкент" клуби пресс тур ташкил қилди  1 23:38"Челси"нинг уч асосий футболчиси клуб билан янги шартнома имзолаш ниятида  2

"Bavariya" - "Borussiya" D. Prevyu Yangiliklar

"Bavariya" - "Borussiya" D. Prevyu

Bir necha soatdan so'ng Bundesliganing eng mashhur klublari 122 marotaba o'zaro to'qnash keladi.

Muxlislar ushbu o'yinni "Real" - "Barselona" uchrashuvi kabi intiqlik bilan kutishadi. "Bavariya" - "Borussiya" D uchrashuvi uchun atalgan prevyuni etiboringizga havola qilamiz.


Turnir jadvalidagi holat

"Bavariya" joriy mavsum o'tkazgan 10ta uchrashuvining 50%da g'alabaga erishdi. Jamoa 3 marta durang qayd etib, 2ta bahsda mag'lub bo'ldi - uyda va mehmonda. Ayniqsa Frankfurtdagi omadsizlik juda og'riqli bo'ldi. Myunxenliklar endi to'rtinchi o'rinda va etakchidan to'rt ochko orqada.


Dortmund ham o'z o'yinlarining yarmida zafar quchdi. Biroq mag'lubiyat faqat bir marta sodir bo'ldi. "Arilar" jadvalda uchinchi va etakchidan 3 ball kam to'plagan.


Muhim malumotlar

"Bavariya"da bosh murabbiy yo'q

Nemis grandi ayni damda juda noqulay vaziyatda. Myunxen klubi "Der Klassiker"dan oldin bosh murabbiy Niko Kovach bilan xayrlashdi.


Yakshanba tongida mashg'ulot o'tkazib, futbolchilar bilan xayrlashmagan kouch, kechga yaqin o'z xohishiga ko'ra klubni tark etdi. Myunxenliklar rahbarlari arizani muammosiz qabul qilishdi, chunki Kovach bilan hamkorlikni davom ettirishdan mani yo'q edi.


Niko Kovach ketganidan keyingi dastlabki bahsda - "Olimpiakos"ga qarshi o'yinda jamoadagi atmosfera juda yaxshiligi sezildi. Malum bo'lishicha, futbolchilar doim Kovachdan qutilganidan mamnun.


"Borussiya" so'nggi haftada yaxshi formada

Dortmunddagi vaziyat "Bavariya"nikiga o'xshash. "Arilar" ustozi ehtiyotkor futbol uchun tanqidlar ostida qolib ketgan.


"Borussiya" Robin Gud kabi ochkolarni "bechora" jamoalarga ulashmoqda. SHunga qaramay, jamoa Lyusen Favr ketadigan darajada yomon o'yin ko'rsatmayapti. Dortmundliklar mehmondagi so'nggi uch uchrashuvning barchasida zafar quchishdi.


"Borussiya" o'tgan tur Bundesligada "Volfsburg" ustidan yirik g'alabaga erishdi. Kubokda Menxengladbaxning "Borussiya"sini taslim etishdi. CHempionlar ligasida esa "Inter"ni chiroyli tarzda mag'lubiyatga uchratishdi. Ayni damdagi jamoaning asosiy etakchisi - Ashraf Hakimi. U o'z qanotida fantastik o'yin ko'rsatib, hujumlarda juda yaxshi harakat qilmoqda.


Mehmonlar to'rt yildan beri Myunxenda omadsizlikka uchrashyapti

Bu bahs "Borussiya" uchun katta ahamiyatga ega. "Klassiker" anchadan beri o'z muxlislarini kutilmagan natijalar bilan xursand qilmayapti. Dortmund klubi to'rt yildan beri Myunxenda hech narsa qila olmayapti.


"Bavariya" dortmundliklarga qarshi chempionatda o'tkazgan uyidagi so'nggi to'rtta bahsning barchasida zafar quchgan. To'plar nisbati 20-2. Bundan tashqari "arilar" 2014 yildan buyon janubiy hududda g'alaba nimaligini bilmayapti.


Robert Levandovski sobiq klubiga qarshi o'tkazgan oxirgi 5ta uchrashuvida 10ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Polyak bu jamoalar o'rtasidagi to'qnashuvlarning eng yaxshi to'purari hisoblanadi.


Hozir Dortmund klubi uchun juda qulay vaziyat, chunki ular raqibga nisbatan yaxshiroq formada. Ammo "Bavariya" har qanday vaziyatda ham raqibning hayotini og'irlashtira olishini isbotlagan.


Mezbonlarda uch himoyachi yo'q

Bu bahsda ikkala jamoa ham optimal tarkibni maydonga tushira olmaydi. Ayniqsa mezbonlar. Kamdan-kam sodir bo'ladigan voqea, ammo "Bavariya"ning birdaniga uch asosiy markaziy himoyachisi o'ynay olmaydi.


Niklas Zyule ancha oldin jarohat olgan va u deyarli mavsumni yakunlab bo'ldi. Lukas Ernandes yil oxirigacha safdan chiqqan. Jerom Boateng esa qizil kartochka olib, 2ta uchrashuv o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Bu yo'qotishlarni odatiy deb bo'lmaydi.


Dortmundliklarda vaziyat og'ir emas. Tarkibda jarohatlanganlar deyarli yo'q. Ammo mushak muammolari tufayli bazi o'yinchilar maydonga tusha olmasligi mumkin. Jeydon Sancho va Marko Roys faqat bitta mashg'ulotda ishtirok etishdi va bu futbolchilar bo'yicha qaror o'yindan oldin qabul qilinadi.


Taxminiy tarkiblar

"Bavariya": Noyer, Deyvis, Alaba, Martines, Pavar, Alkantara, Kimmix, Koman, Myuller, Gnabri, Levandovski.


"Borussiya" D: Byurki, SHulc, Xummels, Akanji, Pishek, Deleyni, Vitsel, Azar, Roys, Hakimi, Alkaser.



Murabbiylar fikrlari

Xans-Diter Flik: "Ayni damdagi asosiy nishon "Borussiya"ni mag'lub etish. Bu menga va jamoaga o'zgacha kuch bermoqda. Yigitlar tayyorligini his qilyapman. Qolgani qiziq emas".


Lyusen Favr: "Ularda yaxshi himoyachilar etarlicha. So'nggi besh yilda Myunxenda katta qiyinchiliklarga uchradik, ammo qo'rqmaymiz".

Bayern Munich

Robert Lewandowski - 17', Serge Gnabry - 47', Robert Lewandowski - 76', Mats Hummels - 80'

1. Bundesliga . 11-tur

09/11/2019, 22:30

0
:
4
Tugadi

Borussia Dortmund

Stadion: Allianz Arena, 75000 tomoshabin

Bosh hakam: Felix Zwayer

45'
90'
17'  Robert Lewandowski
17'  Benjamin Pavard
47'  Serge Gnabry
47'  Thomas Mueller
67'  Kingsley Coman
70'  Serge Gnabry (Philippe Coutinho)
72'  Leon Goretzka (Thiago Alcantara)
75'  Kingsley Coman (Ivan Perisic)
76'  Robert Lewandowski
76'  Thomas Mueller
80'  Mats Hummels
90'  Joshua Kimmich
36'  Jadon Sancho (Raphael Guerreiro)
61'  Julian Weigl (Paco Alcacer)
61'  Mario Goetze (Marco Reus)
63'  Marco Reus

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика