"Barselona"ning asosiy futbolchisi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
01 apr 2024 10:59
Yangiliklar


"Barselona"ning asosiy futbolchisi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
"Barselona" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
33 yoshli nemisga "Galatasaroy" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turkiya klubi futbolchiga ilk taklifni yuborishga ham ulgurgan.
Ilkay Gyundogan o'tgan yilning yozida "Manchester Siti"dan "Barselona" safiga kelib qo'shilgandi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 10 ta golli uzatma bor.
O’xshash yangiliklar
19:50
"Barselona" Levandovskiga 2027 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda 11

Fikrlar