

33 yoshli nemisga "Galatasaroy" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turkiya klubi futbolchiga ilk taklifni yuborishga ham ulgurgan.
Ilkay Gyundogan o'tgan yilning yozida "Manchester Siti"dan "Barselona" safiga kelib qo'shilgandi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 10 ta golli uzatma bor.



