“Barselona” Suares bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishib oldi
30 iyu 2014 08:40
Yangiliklar
“Barselona” Suares bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishib oldi
“Barselona” klubi rahbariyati “Liverpul” hujumchisi Luis Suares bilan shaxsiy shartnoma bandlari bo'yicha kelishib oldi, deb xabar bermoqda Sport.es.
27 yashar hujumchi uchun kataloniyaliklar 30 million evro, shuningdek, bu summaga Aleksis Sanchesni qo'shib berishga tayyorlar.
Mabodo, muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolsa, ko'k-anorranglilar transfer summasini yana 6-7 million evroga ko'tarishmoqchi. Agar “Liverpul” Sanchesning xizmatiga muhtojlik sezmasa, u holda “Barselona” rahbarlari Suaresning uzoq muddatli diskvalifikaciyasini inobatga olib, ko'pi bilan bu transferga 60 million evro sarflashni maqsad qilishgan.
Eslatib o'tamiz, FIFA Suaresni 4 oyga barcha futbol musobaqalardan, shuningdek Urugvay terma jamoasi tarkibidagi 9 ta o'yinga chetlatgan edi. Xabaringiz bor, Luis Italiya terma jamoasiga qarshi kechgan guruhning so'nggi uchrashuvi chog'ida himoyachi Jorjo Kellinining elkasini tishlab olgandi.

Fikrlar