"Barselona" bir yil kutishga va Markos Alonso bilan tekinga shartnoma imzolashga tayyor
19 may 2022 10:38
Yangiliklar
"Barselona" bir yil kutishga va Markos Alonso bilan tekinga shartnoma imzolashga tayyor
"CHelsi" himoyachisi Markos Alonso faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar rivojlangan bosqichda.
Ammo, Kataloniya klubi o'yinchining transferi uchun katta pul to'lashga tayyor emas, shu sabab o'yinchi bilan tekinga shartnoma imzolash uchun bir yil kutishga tayyor. Ispanning "ko'klar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Markos Alonso - "Real" tarbiyalanuvchisi. Himoyachi "CHelsi"da 2016 yilning avgustidan beri o'ynaydi.
Fikrlar