So’nggi yangiliklar

11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  3 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  3 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  29 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  19 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  24 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  2 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  14 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  17 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  40 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3

"Barselona" - "Bavariya". Saytimiz xodimlari uchrashuv natijasini taxmin qilishdi Yangiliklar

"Barselona" - "Bavariya". Saytimiz xodimlari uchrashuv natijasini taxmin qilishdi

Bugun Evropa CHempionlar Ligasining navbatdagi yarim finalchisi nomiga aniqlik kiritiladi. Saytimiz xodimlari "Barselona" hamda "Bavariya" jamoalari o'rtasidagi ajoyib to'qnashuv natijasini taxmin qilib ko'rishdi.

Narzulla Saydullaev — "Championat.asia" jamoasining maydondagi sardori

Bugun finaldan oldingi finalni ko'ramiz. Menimcha, ushbu juftlikda g'olib bo'lgan jamoa yakunda chempion bo'ladi. "Barselona"ning o'yini to'lig'icha Messiga bog'liq. Messining o'yini chiqsa, istalgan raqib mag'lub etiladi. Buni oldingi o'yinda ham ko'rdik. Biroq raqib "Bavariya" va bugun Messining o'yini chiqmaslik ehtimoli katta. "Bavariya" bu mavsum ECHLda 8ta o'yinning barchasida g'olib bo'ldi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi oxirgi 4ta o'yinning 3tasida "Barselona" mag'lub bo'lgan ekan. Taxminim Levandovski gol uradi va "Bavariya" keyingi bosqichga chiqadi.

Aziz Nuriy — AGMK jamoasi muxlislarining sevimli jurnalisti

Tan olish kerak, bugungi kunda "Bavariya" top-chempionatlarda eng yaxshi o'yin ko'rsatib turgan jamoa hisoblanadi. Ko'pchilik mutaxassislar nemislarga turnir favoriti sifatida qarashyapti. Agar Messi yoki Suarez hammasini hal qilib qo'ymasa, "Barselona"ga qiyin bo'ladi. Taxminim — 2:1, kataloniyaliklar foydasiga.

Alisher Xolmatov — katalon klubi ishqibozi

Ko'plab muxlislar bu jamoalar finalda to'qnashishlarini kutgandi, ammo quraning ko'zi ko'r. Bavariya — ECHLning joriy mavsumi uchun asosiy favorit. Bu fikrga faqat "Barselona" va "Man Siti" ishqibozlari qo'shilmasligi mumkin. "Bavariya" so'nggi o'yinlarida raqiblariga umuman imkon qoldirmayapti. Bundan Kike Seten ham juda hayro bo'lsa kerak. Nemis ishqibozlari "Barvariya"ning yarim finalga chiqishini taxmin qilishmoqda. Statistikaga qarsak, "Bavariya" oxirgi marta 7 dekabrda mag'lub bo'lgandi, "Barselona" esa notekis mavsum o'tkazdi. Levandovski so'nggi 44 o'yinida 53 gol, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Messi esa o'zining oxirgi 43 o'yinida 31 gol, 25 assistga mualliflik qildi. Statistika "Bavariya"ning ustunligini ko'rsatyapti. Ammo bunga mutlaqo qo'shilmayman, chunki men "Barsa" muxlisiman. "Ko'k-anorranglilar"da dunyodagi boshqa hech bir jamoada yo'q ustunlik bor — Leo. U maydonda hamma narsa qilishi mumkin. SHuning uchun bugun sehr kuni va Messi "Barsa"ni keyingi bosqichga olib chiqadi. O'yin gollarga boy va qiziqarli bo'ladi — 3:2.

Mes que un club!

Abdulaziz Iskandarov  — shu o'zimizni Abdulaziz-da

Xolis fikr bildiradigan bo'lsam, ayni paytda "Bavariya" "Barselona"dan bir bosh ustun. Lekin, ikki jamoada ham o'yin taqdirini hal qiladigan futbolchi bor. Levandovski va Messi. Ammo, "Barselona" Seten bilan uzoqqa bora olishiga ishonmayapman. Agarda murabbiy faktorini olib tashlasak Barselona ham maydondagi futbolchilarni kuchi va darajasi bilan "Bavariya" to'sig'idan o'ta olishi mumkin. 2015 yilgi ECHLda "Barselona" birinchi uchrashuvda Bavariyani 3:0 hisobida taslim qilgani yodimda. O'shanda ham ko'pchilik Luis Enrikega shubha bilan qaragandi. Lekin, jamoadagi barcha narsani ostun-ustun qilib yuborishga qodir Messi o'shanda so'ngi daqiqalarda gol urib ketgan edi. Demak, bu uchrashuvda muxlislar Setenga emas futbolchilarga ishonishlari lozim. Barcha narsa kayfiyatga bog'liq. Agarda Flik boshqaruvidagi jamoaga hujumlar qilishga va o'z o'yinini o'tkazishga yo'l qo'ymasa,"Barselona" o'z uslubida o'yinni nazorat qilsa, yakunda natija kataloniyaliklar tomonda bo'ladi. Lekin, nazariy jihatdan olib qaralganda baribir kichik ustunlik "Bavariya" tomonda bo'lib turibdi. Tahminim 3:1, "Bavariya" foydasiga.

Nodirxo'ja Yuldashev — "Championat.asia" jamoasining xo'jayini

"Bavariya" favorit bo'lgan o'yinda Messi o'z jamoasiga g'alaba keltiradi — 2:1.

SHerzod Nurmatov — "Futbol retro talqinda" ruknining muallifi

Messi boshchiligidagi "Barselona" Levandovski etakchiligidagi "Bavariya"ga qarshi to'qnash keladi. Bu o'yinni bemalol "CHL finali" deb aytsa bo'laveradi. Final o'yini ham bugungi bahschalik qiziq bo'lishiga ishonmayman. Taxminimcha, Flik shogirdlari katalonlarni 2:1 hisobida engib, yarim finalga chiqadilar.

Faxriddin Ro'ziev — ijobiy xislatlarini sanasak, hech tugamaydigan ajoyib inson

Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlar ko'pincha faqat bir tomon ustunligida kechadi. Bugungi o'yin "Bavariya"ning tashabbusi ostida o'tsa kerak. Taxminimcha, nemislar uchrashuvda g'alaba qozonishadi — 2:0.

Jahongir Fayzullaev — "snayper"

Yoshligimdan "Bavariya"ning o'yinlarini ko'rib kelganman. Sababi otam ushbu jamoaning ashaddiy muxlisi. Bugun ham mazkur uchrashuvni birga ko'ramiz. Hamda myunxenliklarning 3:1 hisobidagi g'alabasini kutib qolamiz. Lekin, to'p dumaloq, maydon tekis.

Bu erda yana bir qancha xodimlarning fikrlari bo'lishi mumkin edi. Ammo qolganlar "Atletiko"ning mag'lubiyatidan keyin Alisher Ostonov tomonidan bo'shatib yuborildi.

Qadrli muxlis, siz o'yinda qanday natija kutyapsiz?

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика