Azim Ahmedov: "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yin qiyin bo'lishini bilgandik"
12 mar 2016 13:20
Yangiliklar


Azim Ahmedov: "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yin qiyin bo'lishini bilgandik"
"Paxtakor" futbolchisi Azim Ahmedov "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin qiyin boshlandi. Ikkinchi bo'limda o'zimizga keldik va gollar kiritdik. Bunday bo'lishini oldindan bilgandik. "Qo'qon-1912"ga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik.
Endi Osiyo CHempionlar Ligasida qiyin o'yinlar kutib turibdi. Nasib qilsa, o'yinga yaxshilab tayyorlanamiz va o'sha o'yinda ham muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz", - deydi Azim Ahmedov.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" kecha Oliy Liga 2-turi doirasida "Qo'qon-1912" jamoasini 4:0 hisobida mag'lub etdi va to'plar nisbatiga ko'ra turnir jadvalida birinchi o'ringa chiqib oldi.
Aziz To'xtamurodov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar