“Ayaks” bilan 3 bora Eredivizini qo'lga kiritgan futbolchi 29 yoshida vafot etdi
10 may 2022 09:50
Yangiliklar
“Ayaks” bilan 3 bora Eredivizini qo'lga kiritgan futbolchi 29 yoshida vafot etdi
O'lim sabablari ochiqlanmagan.
Kongo DR termasi sobiq xavbeki Jodi Lukoki 29 yoshida vafot etdi. U 2011 yil “Ayaks” safida debyut qilib, jamoa libosida 39 ta uchrashuv o'tkazgandi. SHuningdek, yarim himoyachi “Kambyur”, “Zvolle”, “Ludogorec”, “Malatyaspor” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Oxirgi klubi esa “Tvente” bo'lgan va oyog'idan olgan og'ir jarohati tufayli fevraldan beri klubsiz qolgandi.
Futbolchi amsterdamliklar bilan 3 bor Niderlandiya chempionligini qo'lga kiritgan, shuningdek, u “Ludogorec” bilan 4 marta Bolgariya chempionligi hamda 2 bora mamlakat Superkubogi sohibiga aylangandi.
Malumot o'rnida, Jodi Lukoki terma jamoadagi debyutini 2015 yil mart oyida Iroqqa qarshi o'tkazgan.
Fikrlar