"Atletiko" Lemar bilan xayrlashmoqchi emas
09 may 2020 15:38
Yangiliklar


"Atletiko" Lemar bilan xayrlashmoqchi emas
"Atletiko" yarim himoyachisi Toma Lemar yozgi transferlar oynasida klubdan ketmaydi.
24 yoshli franciyalik futbolchiga "Arsenal" klubi raqobatlashayotgan edi va aynan "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta unga qiziqish bildirayotgan edi.
Ammo, madridliklar rahbariyati futbolchini jamoaning muhim bo'lagi deb hisoblaydi va uni qo'yib yubormaslikka qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, "matraschilar" PSJ forvardi Edinson Kavanini o'z saflariga qo'shib olishmoqchi.
Lemar joriy mavsum La Liga doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar