"Atletiko" Korrea bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirdi
04 jan 2022 15:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/676142_original.jpg)
![](/upload/storage/676142_220.jpg)
"Atletiko" Korrea bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirdi
Hujumchi Anxel Korrea "Atletiko" bilan hamkorlikni uzaytirdi.
Argentinalikning klub bilan yangi shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan.
Forvard 2014 yilning dekabridan beri "Atletiko"da o'ynaydi. U Madrid klubi tarkibida 305ta o'yin o'tkazgan. Hozirgi tarkibdagi faqatgina ikki futbolchi undan ko'proq "Atletiko" libosida harakat qilishgan - Koke (519) va Yan Oblak (323).
26 yoshli Korrea joriy mavsum jamoa libosida La Liga doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 4ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar