So’nggi yangiliklar

00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  0 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:28Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" – "Бавария". Таркиблар аниқ!  0 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  4 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  8 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  73 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0 20:39Эшитдик-да! "Арал"га учралган мағлубиятдан сўнг "Локомотив" мураббийлар штаби жамоани тарк этди  11 20:08Про лига. "Арал" тур марказий ўйинида "Локомотив"дан устун келди  3 19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  1 19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  9 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  1

Asror Aliqulov: "G'uzorda jamoaning yutug'idan ko'p insonlar xursand bo'lmaydi. SHu bois bu erda ishlash qiyin" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "G'uzorda jamoaning yutug'idan ko'p insonlar xursand bo'lmaydi. SHu bois bu erda ishlash qiyin"

Pro liga 13-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Oq-tepa"(0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlarini bildirib o'tdi.




"O'z maydonimizda birinchi bor mag'lub bo'ldik. Oxirgi turlarda natija uchun o'ynashda ko'proq maxorat talab etiladi. SHu tomonlama biz oqsayapmiz. Maxoratli futbolchilarning etishmasligi o'yinimizni sifatiga tasir qilmoqda. "Oq-tepa" jamoasi to'p bilan yaxshi harakat qildi. Himoyachilarimizdan xato qilmaslikni so'ragandik. Biz istagan saviyadagi futbolchilarning etishmasligi va himoyadagi muammolar jamoani qiyin ahvolga solib qo'ymoqda. Gol kiritilgan vaziyatda ham xato qildik. G'alaba qozonishimiz uchun ko'proq mehnat qilishimiz kerak edi. Raqib to'p kiritib olgach katta kuch bilan himoyalandi. Mag'lubiyatni ham mardlarcha qabul qilishimiz kerak. Ularni g'alaba bilan tabriklashdan boshqa choramiz yo'q.

- Raqib jamoasining o'yinni cho'zish bilan bog'liq holatlari, sababli va sababsiz yiqilishlari jamoangizning o'yiniga tasir qildi deb o'ylaysizmi?
- Vaqt cho'zish va boshqa holatlar futbolning bir qismi hisoblanadi. SHu vaziyatlarga ularga biz imkoniyat yaratib beryapmiz. To'pni nazorat qilib tezkor harakat qilganimizda va xato qilmaganimizda raqibda vaqt cho'zishga hojat qolmas edi. Ko'proq aybni o'zimizdan qidirishimiz kerak.

- Mag'lubiyatga tezkor gol sabab deb o'ylaysizmi?
- Qaysidir manoda tezkor gol mag'lubiyatga sabab bo'ldi deb o'ylayman. "Xorazm"da ham shunday bo'lgan edi. Biz to'pni nazorat qilyapmiz, vaziyatlar yaratyapmiz. Lekin, himoyadagi palapartishliklar o'z so'zini aytmoqda. Raqib katta kuch bilan va yaxshi himoyalandi. Aytganimdek futbolchilardagi saviyaning pastligi ular berayotgan paslarda, fikrlayotgan vaziyatlar va qabul qilinayotgan qarorlar raqib uchun oddiy holat hisoblanmoqda. Transferdagi taqiqlar sabab futbolchi ololmadik. CHunki, biz qaysi chiziqlarni kuchaytirish ekanligini bilardik. Taqiqlar ham jamoaning o'yiniga ancha tasir qilyapti deb o'ylayman.

- Samandar SHodmonov bugun kam harakat qilgan yoki kam yugurgandek taassurot qoldirdi. Uning jismoniy holati hususida nima deya olasiz?
- Samandarni yoshi katta. Qolaversa bugun raqib ham tezkorlik bilan harakat qildi va bo'shliqlar qoldirmadi. Etibor bergan bo'lsangiz u ancha vaqtdan beri asosiy tarkibda to'p tepyapti. Bugun uni zaxirada qoldirib boshqa o'yinchini kiritish niyatimiz ham bor edi. Mashg'ulotlarda bu borada ishlagandik. Lekin, uning o'rnida boshqa o'yinchiga ishona olmasligimiz mashg'ulotlarda ham sezilib qoldi.

- Jamoaga qishki transferlarda taqiq qo'yilgani qay darajada tasir qiladi? Mavsum yakunida jamoaning tarkibi qanchalik saqlanib qolinadi?
- Barchasi oldimizga qo'yiladigan vazifaga bog'liq. Tarkibimizdagi 80 foiz futbolchilar bu vazifalarni bajarishga tayyor emas. Ularni katta futbolga tayyorlash kerak. SHu taqiq sabab jamoada oldingi safar ishlaganimda ochko olib tashlangandi. Jamoada ikki yil ishlamadim, shu vaqt ichida taqiqlar yo'q edi. Bu taqiqlar nima uchun biz ishlagan davrda qo'yilishi menga qorong'u. G'uzorda jamoaning yutug'idan ko'p insonlar xursand bo'lmaydi. SHu bois bu erda ishlash og'ir.

- Nima sababdan xursand bo'lishmaydi?
- Ikki yil oldin ishlaganimda ochkolar olib tashlandi, taqiqlar qo'yildi. SHundan keyin rahbariyat o'zgardi, ikki yil ichida hech qanday taqiqlar bo'lgani yo'q. Ikki yildan so'ng rahbariyat va murabbiylar shtabida o'zgarish bo'ldi yana taqiqlar qo'yildi. Jamoada ishlab ketgan insonlarni ham qo'li bor bunda. G'uzorda jamoaning yutug'idan quvonadigan insonlar kam.

- Mavsum boshida klub xodimlari oldida qarzdorliklari bo'yicha malumotlar tarqalgan edi. Hozirda bu borada vaziyat qanday?
- Klub oyliklarni vaqtida to'lab kelyapti. Faqat mukofot pullaridan ozroq uzilish bor. Qarzdorliklar jamoaning o'yiniga tasir qildi deb o'ylamayman.

- "Oq-tepa" jamoasida xorijlik murabbiyning ishlayotgani sezilyaptimi? Yoki o'zgarishlar yo'qmi?
- Raqib o'yinida o'zgarishlar bor. CHiziqlar orasida bo'shliqlar bugun bo'lmadi. Toshkentda o'tgan o'yinda bo'shliqlar bor edi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика