Arteta "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi
28 avg 2021 20:16
Yangiliklar
Arteta "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 3-turi doirasida "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Birinchi gol juda yoqimsiz tarzda kiritildi. Bunga qadar biz o'yinni nazorat qilayotgandik. Raqiblarning ilk hujumini qaytara olmadik. Havolatib oshirilgan to'pni Gyundogan darvozamizga kiritdi.
Ikkinchi gol esa yaqqol foldan keyin bo'ldi. CHembersning yuziga urib ketishdi. SHundan keyin biz qizil kartochka oldik. Jaka oyog'ini olib qochishga uringandi. Bosh hakam esa qizil kartochka deb baholadi.
Ikkinchi bo'lim oldidan bezovta bo'layotgandim. Buni qabul qilish juda qiyin bo'ldi. Tasavvur qilyapsizmi, uchinchi goldan keyin biz dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi yana 60 daqiqa davomida 10 kishi bo'lib o'ynashimiz kerak. Bunday holatda futbolchilar bir-biridan ayb qidiradi deb o'ylagandim. Ammo unday bo'lmadi", - dedi Arteta.
Fikrlar