Artem Dzyuba: "Bizda hamma qarorlar - orqaga. Bizda darvozabon - pleymeyker"
22 iyu 2021 11:12
Yangiliklar
Artem Dzyuba: "Bizda hamma qarorlar - orqaga. Bizda darvozabon - pleymeyker"
Rossiya termasi sardori Artem Dzyuba guruhdagi so'nggi uchrashuvda Daniya bilan o'yin (1:4) haqida fikrlarining yana bir qismini etiboringizga havola etamiz.
"Aslida biz yuqoridan o'ynashni rejalashtirmaymiz, o'yinga rejada to'pni oyoqlarimizda ushlashimiz kerak bo'ladi. Biroq barcha qarorlarimiz orqaga bo'ladi va to'pni darvozabonga qaytaraveramiz, huddi u pleymekerdek. Darvozabon nima qilsin, u to'pni uzoqlashtiradi, havodagi kurash esa doim 50/50. Hattoki biz havodagi kurashda ustun kelsak ham, odatda oldinda nechta futbolchimiz bo'ladi? 2 yoki 3 nafar. Oddiygina o'sha Daniya yoki Belgiyani qarang, hujumga kamida 5-6 futbolchi o'tadi.
Mentalitetimizni o'zgartirishimiz kerak. Qo'rqmay, hujumga borishimiz, oldinga o'ynashimiz va qarorlarimiz ham hujumga qaratilgan bo'lishi kerak", - deydi Artem Dzyuba.
Fikrlar