"Surxon" tajribali darvozabonini "Xorazm"ga ijaraga berdi
21 iyu 19:16
Yangiliklar


"Surxon" tajribali darvozabonini "Xorazm"ga ijaraga berdi
Bu haqda Termiz klubi matbuot xizmati xabar berdi.
"Artyom Potapov ijara asosida "Xorazm" jamoasiga o'tdi.
Jamoamizning rossiyalik darvozaboni Artyom Potapov mavsum oxirigacha "Xorazm" jamoasi safida to'p tepadi. Bu o'tish ijara shartnomasi doirasida amalga oshirildi", – deyiladi xabarda.
31 yoshli rossiyalik posbon ushbu mavsum 10 uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 9 ta to'p olib chiqdi va 3 o'yinda darvozani "quruq" saqladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar