"Arsenal" futbolchisiga "Bayer", "Roma" va "SHalke" klublari qiziqmoqda
17 sen 2020 14:47
Yangiliklar
"Arsenal" futbolchisiga "Bayer", "Roma" va "SHalke" klublari qiziqmoqda
"Arsenal" himoyachisi Sead Kolashinac klubini o'zgartirishi mumkin.
27 yoshli o'yinchiga "Bayer" qiziqish bildirmoqda. Leverkuzen klubi ushbu haftada muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.
Kolashinacga shuningdek "SHalke" va "Roma" ham qiziqmoqda. Italiya klubi futbolchi bilan aloqaga chiqqan. Kolashinacning o'zi esa Germaniyaga qaytishni xohlamoqda.
Qayd etish kerakki, himoyachi "Arsenal"dan 10 million evro evaziga ketishi mumkin.
Fikrlar