"Arsenal" belgiyalik futbolchi uchun kurashga qo'shildi
07 apr 2020 13:20
Yangiliklar


"Arsenal" belgiyalik futbolchi uchun kurashga qo'shildi
"Napoli" forvardi Dris Mertens yozda "Arsenal" safiga o'tishi mumkin.
32 yoshli belgiyalik futbolchining neapolliklar bilan tuzgan shartnomasi ikki oydan so'ng yakuniga etadi va u boshqa klublar bilan muzokaralar olib borishi mumkin.
"Kanonirlar" esa Mertensni o'z safiga qo'shib olish uchun uning barcha moliyaviy istaklarini qondirishga tayyorlar.
Xabar qilinishicha, futbolchiga shuningdek "Borussiya" (Dortmund), "Manchester Yunayted", "Bavariya" va "Inter" klublari raqobat qilishmoqda.
Belgiyalik futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 5ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar