Argentina terma jamoasi ustozi Sampaoli Messi va Maskerano bilan uchrashdi. Nega?
21 sen 2017 13:14
Yangiliklar
Argentina terma jamoasi ustozi Sampaoli Messi va Maskerano bilan uchrashdi. Nega?
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Ispaniyaga uchib keldi va "Barselona" sharafini himoya qiluvchi milliy jamoaning hujumchisi Lionel Messi va yarim himoyachisi Xaver Maskerano bilan uchrashdi.
Uchrashuvdan maqsad "albiseleste"ning JCH-2018 saralashida o'tkazgan so'nggi ikki uchrashuvini muhokama qilish edi. Sampaoli Messi va Maskerano bilan birga terma jamoa haqida videomaterial tomosha qilib, ularga o'z tahlilini tushuntirib berdi. Sampaoli shunday yo'l bilan jamoa bilan ishlashni optimallashtirmoqchi.
Argentinaliklar 6 oktyabr kuni Peru va 11 oktyabr kuni Ekvador terma jamoalariga qarshi bahs o'tkazishadi. 16-turdan so'ng Argentina 24 ochko bilan o'z guruhida 5-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar