So’nggi yangiliklar

10:42Неймарнинг келажаги маълум  0 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги дахшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  14 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  15 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  9 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2

APL. "Liverpul" mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

APL. "Liverpul" mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi

Angliya chempionati 1-turidan o'rin olan bahs matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Norvich – Liverpul 0:3

Gollar: Jota (26, 0:1), Firmino (65, 0:2), Saloh (74, 0:3).

Norvich – Krul, Aarons, Xenli, Gibson, Yannulis, Kentuell, Rashica (Sarjent, 77), Rupp, Le-Melu, Gilmor, Pukki (Ayda, 77).

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Cimikas, Milner, Oksleyd-CHemberlen (Fabino, 61), Keyta (Elliot, 83), Saloh, Mane, Diogu Jota (Firmino, 61).

Ogohlantirish: Milner (25), Kentuell (53).

Norwich City

Premier League . 1-tur

14/08/2021, 22:30

3
:
0
Tugadi

Liverpool

Diogo Jota - 26', Roberto Firmino - 65', Mohamed Salah - 74'

Stadion: Carrow Road, 27023 tomoshabin

Bosh hakam: Andre Marriner

45'
90'
53'  Todd Cantwell
77'  Teemu Pukki (Adam Idah)
77'  Milot Rashica (Joshua Sargent)
86'  Todd Cantwell (Kieran Dowell)
25'  James Milner
26'  Diogo Jota
26'  Mohamed Salah
61'  Diogo Jota (Roberto Firmino)
61'  Alex Oxlade-Chamberlain (Fabinho)
65'  Roberto Firmino
65'  Mohamed Salah
74'  Mohamed Salah
83'  Naby Keita (Harvey Elliott)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Liverpul" mavsumni yirik g'alaba bilan boshlamoqda.

90. Endi Rupp "Liverpul" darvozasini nishonga oldi. Anchagina noaniq.

89. "Norvich" hech bo'lmasa bir gol urishga harakat qilmoqda. Sarjentning zarbasi noaniq ketdi.

87. Qanday qilib gol ura olmadi "Norvich"? Alisson bugun 250 marotaba jamoasini qutqargandek. Bir vaziyatda naq 3ta seyvni yozdirib qo'ydi.

85. Saloh o'z dublini rasmiylashtirishiga bir bahya qoldi. Salohning uzatgan to'pi raqibga tegdi va Krul ushlab oldi

81. Matip bugun vajohatli o'yin namoyish qilmoqda. Biror marta uning xato qilganini ham raqibini o'tkazib yuborganini ham ko'rmadik.

76. Arnold o'z jarima maydonchasi ichida raqibini yiqitgandek ko'rindi. Ammo Toshkentdan turib ham buning penaltiga tortmasligini ko'rdik.

74. GOOOOOOOOLLL!!! Saloh doimgidek gollar seriyasini ilk turdan ochib olmoqda!

72. Yana "Norvich" hujumda. Aaronsning markaz tomon oshirgan to'pini yana Matip "tozalab" tashladi.

69. "Liverpul" himoyada qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Ruppning zarbasi noaniq ketdi.

65. GOOOOOLLLLLL!!! Saloh shunchaki Firminoga gol urishi uchun barchasini to'g'rilab berdi. Braziliyalik esa hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi.

63. ZARBAAAAAA!! "Liverpul" kombinacion hujum tashkil qildi. Tsimikasning zarbasini Krul ushlab oldi.

62. O'yin ajoyib tempda o'tmoqda. Ikki tomon ham hujumdan to'xtamayapti.

58. "Norvich"ni hujumda ko'rdik. Qanotdan uzatilgan to'pni Matip burchakka chiqarib yubordi.

53. Kentuell hujumga o'tib ketayotgan Jotani ortidan chalib yiqitdi va sariq kartochka ishlab oldi.

51. "Liverpul" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Oksleyd-CHemberleynning zarbasidan keyin himoyachilar to'pni qaytardi va hujumda fol ishlatildi.

48. ZARBAAAAAA!! Manening zarbasidan keyin Aarons darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytarib yubordi.

47. "Norvich" ikkinchi bo'limni ham hujumkor boshladi. Burchakdan uzatilgan to'pni Alisson ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Tanaffus!

43. Aarons hujumga o'tdi. Jamoadoshiga bergan pasni uning o'zi qabul qilib oldi va to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

37. "Liverpul" raqib darvozasi yonida bosim uyushtirmoqda.

34. Le-Meluuuuuu!! Salohning bo'sh darvozaga yo'llagan zarbasini franciyalik himoyachi burchakka chiqarib yubordi.

32. "Liverpul" himoyasi ajoyib o'ynamoqda. Pukkining qanotdan oshirgan to'pini Arnold autga chiqarib yubordi.

26. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Jota hisobni ochdi!! So'nggi ikki mavsumda portugaliyalik jamoaning haloskori bo'lmoqda.

25. Milner markazda Pukkiga qarshi fol ishlatgani uchun ogohlantirildi.

24. Alissonning darvozasidan uzoqlashib ketganini ko'rgan Kentuell uzoq masofadan zarba berdi. Noaniq.

21. "Norvich" kichik vaqt davomida bosim uyushtirdi. So'nggi pas noaniq ketdi.

20. ZARBAAAAAA!!! Pukki "Liverpul" himoyachilaridan o'tib ketdi va Alisson darvozasining yaqin burchagini nishonga oldi. Alissondan seyv!

18. Salohning kuchli zarbasi to'ppa-to'ri Krulning qo'llari tomon bordi.

17. Jota raqib darvozasi yonida to'pni raqibidan olib qo'yib, zarba berishi mumkin edi. Xenli to'pni jamoasiga olib berdi.

13. CHap qanotdan to'p Pukki tomon oshirilgandi. To'p ancha yuqoridan o'tib ketdi.

11. ZARBAAAA!! Jotaning boshi bilan yo'llagan zarbasini Krul qiyinchilik bilan qaytardi.

10. Xavfli vaziyat! Jotaning qanotdan oshirgan to'pini Aarons burchakka chiqarib yubordi.

7. "Liverpul" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Himoyachilar to'pni oldinga tepib yubordi.

5. To'pni asosan mezbon jamoa nazorat qilmoqda.

2. "Norvich" uchrashuvni hujum bilan boshladi. Tsimikas xavfni bartaraf qildi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Karrou Roud"ga qaratamiz. Unda "Liverpul" hamda "Norvich" jamoalari APLning 1-turi doirasida bahs olib boradilar.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика