So’nggi yangiliklar

19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  11 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   3 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  21 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  6 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  4 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  6 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  3

APL. "Arsenal" o'ta og'ir uchrashuvda irodali g'alabaga erishdi - chempionlik poygasi davom etadi Yangiliklar

APL. "Arsenal" o'ta og'ir uchrashuvda irodali g'alabaga erishdi - chempionlik poygasi davom etadi

APLning 24-turidan o'rin olgan "Aston Villa" - "Arsenal" bahsi bo'lib o'tdi.

Arsenal og'ir, lekin irodali va muhim g'alabani tantana qildi hamda chempionlik poygasi hali davom etadi.


Aston Villa – Arsenal 2:4
18 fevral, "Villa Park" stadioni
Gollar
: 1:0 – 5 Uotkins, 1:1 – 16 Saka, 2:1 – 31 Koutino, 2:2 – 61 Zinchenko, 2:3 – 90, avtogol Martines, 2:4 – 90 Martinelli.

"Aston Villa" – Martines, Kesh, Mingz, Konsa, Moreno (Din, 78), Makginn, Koutino (Remzi, 62), Kamara, Duglas Luis (Dendonker, 67), Buendia (Beyli, 67), Uotkins (Duran, 78).

"Arsenal" – Remsdeyl, Uayt (Tomiyasu, 79), Gabriel, Saliba, Zinchenko (Tirni, 90), Djaka (Fabiu Vieyra, 79), Jorjino, Edegor (Xolding, 90), Saka, Trossard (Martinelli, 68), Nketia.

Ogohlantirishlar: Saka (45), Duglas Luis (45), Martines (84).



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. "Arsenal" muxlislari bugun g'alabaga ishonmoqda. CHunki Emerining sochi bor, kal emas) 

- Bahsni boshlash uchun barcha narsa shay.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

6. GOOOOOOOOLLLLL!!! Uotkins hisobni ochdi! Zinchenkoning xatosi qimmatga tushdi. "Villa" qarshi hujumdan unumli foydalandi!

10. "Arsenal" ham yaxshi vaziyatga ega bo'ldi. Biroq jarima maydonchasi ichidagi Sakaga pas berish uchun variant bo'lmadi.

12. UXXXXXX!!! UAAAAYYYTTTT!!! Havolatib uzatilgan to'pni darvozabondan o'tkazib berdi. To'p darvozaga kirishini Mingz xohlamadi.

14. "Arsenal" yana raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi. Trossardning yakuniy pasini mezbonlar egallab oldi.

16. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Sakadan chiroyli gol! CHap oyog'idagi chiroyli zarbasi bilan u hisobni tenglashtirdi.

19. Zinchenkoning uzoqdan yo'llagan zarbasini Martines ushlab oldi.

25. "Arsenal" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarib yubordi.

26. Endi "Aston Villa"da xavfli nuqtadan jarima zarbasi.

28. "Arsenal" jarimadan yo'llangan zarbani bartaraf qilishda qiynalmadi.

31. "Arsenal"ning burchakdan uzatgan to'pini Emiliano Martines ushlab oldi.

32. GOOOOOOOOOLLLLL!!! KOUTINOOOO!!! "Villa" yana oldinda. "Arsenal" himoyasi esa uxlab qoldi.

36. "Arsenal" vaziyatni o'nglash uchun yana oldinga o'tyapti. "Villa" himoyasi hozircha yaxshi o'ynamoqda.

41. To'pni ushlab turishda "Arsenal" ikki baravar ustunlikda. Ammo vaziyatlar yo'q.

43. Saka oldinga o'tgandi. Himoyachi Bukayoga to'siq bo'ldi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

Maydonda janjal boshlandi. Barchasiga "Arsenal"ning ikki futbolchisi yiqitilganiga sabab.

Tanaffus!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

47. "Arsenal" hujumga o'tishga urinmoqda.

48. Zinchenkoning uzatmasi qovushmadi va Martines chiqib kelib, to'pni ushlab oldi.

49. Qayoqqa Saka? Edegorning uzatmasidan keyin Bukayo chap oyoqda zarba berdi, ammo urinish umuman qovushmadi.

50. Koutino himoya qaytib, to'pni maydondan chiqarib yubordi.

51. "Arsenal"ning hujumi. Ammo Nketia to'p uchun kurashda qoidani buzgan deb topildi.  

52. Zinchenko burchak zarbasi ishladi. 

53. Bukayo Saka uchun uchrashuv yakunlandi chog'i. Aleks Moreno sal oldin raqibining oyog'ini ortdan bosib olgan va Saka qanchalik harakat qilmasin, baribir o'yinni davom ettirolmaydigan bo'ldi. 

56. Ben Uaytning ajoyib uzatmasidan keyin Nketia boshi bilan zarba bera oldi, biroq to'p to'singa tegdi. 

57. Endi Kesh yordamga muhtoj bo'lib yotibdi.

61. GOOOOOOOL! Edegorning pasidan Zinchenko kuchli va aniq zarba yo'lladi. 

63. Martin Edegorning yana bir uzatmasidan keyin Nketia birga-bir vaziyatga chiqib borayotgandi, ammo negadir hujumchi yon tomonga ketib qoldi va o'zi istagandek zarba berolmadi.  

65. Aston Villa" qarshi hujumga qochishga urinib ko'rdi, lekin uzatma Remsdeyl uchun juda oddiy bo'ldi.

67. Aleks Moreno yana Sakani "chopdi".

70. "Aston Villa" burchak zarbasi ishlab oldi.

71. Martinelli katta masofani bosib o'tdi va to'pni Nketiaga tashlagandi, ammo bu pallada Eduard to'xtab bo'lgandi.

73. Saka o'yindan tashqari holatda ekan. Aks holda "Arsenal" o'ta xavfli vaziyatga ega bo'lishi mumkin edi. 

75. Jon Makginn raqiblarini dog'da qoldirib, zarba berdi, ammo urinish to'g'ri davrozabonning qo'liga borib tushdi. 

77. Martin Edegor... Bu vaziyatda qanday qilib gol ura olmaganini tushuntirib bera olmasa kerak.

78. O'zgarish! Olli Uotkins, Aleks Moreno o'rniga Lyuka Din va Jon Duran tushdi.

79. O'zgarish! Jaka va Uayt o'rniga Tomiyasu va Fabiu Silva o'yinga qo'shildi. 

81. "Arsenal"ning yana bir hujumi oxiriga etmadi.

82. Leon Beyli maydondan chiqib ketayotgan to'pni saqlab qoldi va jarima maydonchasigacha etib borib, o'ta kuchli zarba berdi va Remsdeylning seyvi mehmonlarni goldan qutqarib qoldi.  

84. Ogohlantirish! Emiliano Martines o'yin vaqtini cho'zgani uchun ogohlantirildi.

85. "Arsenal" yana burchak zarbasi ishladi.

86. Uzatmadan keyin ish zarbagacha etib bormadi. 

87. Saka imkoniyatga ega bo'ldi va zarba ham beroldi, lekin xavfli bo'lmadi.

90. Arteta hakamdan juda ham norozi.

O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90+2. Har ikki jamoa durang emas, g'alaba uchun harakat qilyapti. Ammo hujumning oxirgi qismi qovushmayapti.

90+3. GOOOOOOOOL! Tanqidlar, memlar yomg'iri ostida qolgan Jorjino "Arsenal"ga g'alaba keltiryapti.

90+7. Burchak zarbasi! "Aston Villa" tepadi. 

90+8. GOOOOOOOOOOOOL! Geym, set, match! Martines burchak zarbasida hujumga keldi, lekin golni qarshi hujumda bo'sh qolgan darvozaga Gabriel Martinelli urdi. 

  



YANGILASH

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика