"Chelsi" "Real" hujumchisi uchun 40 mln evro to'lashga tayyor
06 iyu 2025 00:41
Yangiliklar
"Chelsi" "Real" hujumchisi uchun 40 mln evro to'lashga tayyor
"Chelsi" Madridning "Real" klubi 21 yoshli hujumchisi Gonsalo Torresga qiziqish bildirmoqda.
Londonliklar hujumchi Nikolas Jeksonning o'rniga keladigan ispaniyalik futbolchining transferi uchun 40 mln evro to'lashga tayyor. Takidlanishicha, "qaymoqranglilar" Gonsaloni ingliz grandiga qayta sotib olish huquqi bilan sotishi mumkin. "Qirollik klubi" hujumchisining shartnomasida 50 mln evro evaziga bitimni muddatidan oldin bekor qilish to'g'risida band bor.
Gonsalo klublar o'rtasidagi jahon chempionatida to'rtta o'yinda maydonga tushib, uchta gol va golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 8 mln evroni tashkil etadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar