So’nggi yangiliklar

13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  0 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  0 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0

Asror Aliqulov: "Ikkinchi taym uchun yigitlarga rahmat aytaman" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Ikkinchi taym uchun yigitlarga rahmat aytaman"

Superliga 15-turidan o'rin olgan "Mashal" - OKMK (0:1) uchrashuvidan so'ng "Mashal" bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Afsuski, o'yinni yomon boshladik. Gol o'tkazib yuborgach, keyin uyg'ondik. OKMK bir nechta uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayotganini bilardik. Shunga qaramay bu jamoaning o'yini yaxshi yo'lga qo'yilgan. Ikkinchi taymda o'yinni kuchaytirishga harakat qildik, lekin raqib himoyada bexato harakat qildi. Bosim uyushtirdik, hatto bahs oxirlarida qulay vaziyatga ega bo'ldik. Ammo yakunda kichik hisobda imkoniyatni boy berib, mag'lub bo'ldik.




- "Mashal" besh nafar himoyachi bilan o'ynab ham standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordi. Balki jamoaga yaxshi himoyachi kerakdir?

- Superligada yaxshi ishtirok etish uchun har doim yaxshi o'yinchilar kerak bo'ladi. Bu faqat himoya chizig'i bilan bog'liq emas. Hamma chiziqlarga yaxshi o'yinchilar kerak. Bu hozirgi Superliganing talabi. Biz ham bu borada futbolchilar bilan ishlayapmiz, mashg'ulotlarda uqtiryapmiz, o'yinchilarni uyg'otishga harakat qilyapmiz. O'yindan oldin ko'rsatma berganda hatto raqib o'yinchilarining nomigacha aytamiz. Kim kimni yopishi kerakligi haqida ko'rsatma beramiz. Ammo bugun o'zingiz ko'rdingiz, beshta himoyachi bilan o'ynab ham gol o'tkazdik. Lekin ikkinchi bo'limdagi o'yin uchun yigitlarga rahmat aytaman.

- Bugun Xumoyun Murtazoevga raqib deyarli o'yin bermadi. Shunday holatlarda nimadir o'zgartirish kiritgan maqul emasmi?

- Zaxiramizdagi hujumchi o'yinni kuchaytira olmasdi, chunki OKMK himoyasi baribir kuchli ekanini bilardik. Ularda mahoratli futbolchilar ko'p. Bizga yaxshi saviyadagi yarim himoyachilar ham kerak. Bunday o'yinlarda saviya ko'p narsani hal qiladi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика